• Akselemetrlarning tuzulishi va ishlash prinsipi.
  • Chiziqli (qochirma) tezlanish ta’sirlari sinovlari uchun asbob-uskunalar




    Download 4,33 Mb.
    bet96/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Chiziqli (qochirma) tezlanish ta’sirlari sinovlari uchun asbob-uskunalar. Chiziqli tezlanishlar ta‘siri sinovlarini gorizontal tekislikda radial yoʻnaltirilgan tezlik yaratuvchi sentrifugalarda oʻtkazishadi. 15.5. rasmida kichikroq sentrifuganing konstruktiv sxemasi berilgan. Bu sentrifuganing sig‘imi quyidagcha: sinovdagi mahsulotning maksimal og‘irligi 12 kg boʻlishi kerak. Sentrifuganing asosi 4 tekis quyilishlarga ega plitani tashkil qiladi. Uning ustiga elektrodvigatel 3 va sentrifuganing oborotlari sonini hisoblash uchun xizmat qiladigan texnogenerator 5 oʻrnatilgan. Bu tizim platforma 1 bilan reduktor orqali birlashtirilgan. Sinovdagi mahsulotlarga kerakli quvvat va ularni nazorat sinov apparaturasiga keltirish uchun maxsus shit 6 moʻljallangan. Sinovdagi mahsulotlar 6 shit bilan sentrifuganing valida joylashgan kollektor orqali elektrik aloqaga ega dastak 2ga klemma orqali ulashadi.
    Akselemetrlarning tuzulishi va ishlash prinsipi. Mexanik sinovlarda mexanik ta‘sirlar parametrlarini oʻlchash uchun pyezoelektrik, tenzometrik torli va patensiometrik akselemetrlardan foydalanishadi.
    Pyezoelektrik akselemetrlar ikki turda boʻladi: qisishga (20.6 - a rasm) va qayirilishga (20.6 - b rasm) ishlaydiganlar. Pyezoelektrik sifatida koʻpincha bariy titanitning krichtallarini ishlatishadi. Qisishga ishlaydigan akselemetrdagi kristalning 4 pastki va yuqori qatlamlarini kumush bilan qoplashadi va keyin shu qoplamlarga chiqish klemmalarni qalaylab ulashadi. Kristalni sinov stendiga oʻrnatilgan korpus 1 ga yopishtirishadi. Akselemetr korpusi va yuk 3 tezlanishi pyezoelektrikka ta‘sir qiluvchi qisish kuchlarini chaqiradi. Buning natijasida uning qarama qarshi tomonlarida korpus tezlanishiga proporsional boʻlgan potensiallar har xilligi kuzatiladi. Prujina 2 katta tezliklarda kristalning buzilish oldini oladi.
    Qayirilishga ishlaydigan akselemetrlarda balka 5 ishlatiladi, unga bitta yoki ikkita pyezokristal yopishtirilgan boʻladi. Balka asos 6ga bitta yoki ikki tomonida yoki oʻrtasida qattiq oʻrnatilgan boʻladi. Tezlanish kuchlari balkaning shakllarini oʻzgarishiga olib keladi, oʻz navbatida kristallarning oʻzgarishiga ham olib keladi. Natijada chiqish vaqtida tezlanishga proporsional boʻlgan potensiallarning har xilligi yuzaga keladi.
    Tenzometrik akselemetrlardan keng ravishda foydalanishadi (20.7 - a rasm). Balkaga oʻlchovchi tenzodatchik Ri ni yopishtirishadi. Balkaning oxiriga m massaga ega yukni joylashtirishadi. Tezlanish ta‘siriostida balkani qayiradigan F kuch tezlanishlar kattaligiga proporsional tarzda oʻzgaradi (F = mg). Tenzodatchik tenglik shartlari Ri/Rk=R1/R2 ga teng boʻlgan koʻprikning bitta yelkasiga qoʻshilgan boʻladi. Oʻlchov Ri tenzodatchigi qarshiligi balkaning shakl oʻzgartirish kuchlari ta‘siri ostida oʻzgaradi.
    Balkaning shaklini oʻzgartirish kattaligi chiziqli tarzda F shakl oʻzgartirish kuchi kattaligi bilan bog‘liq.
    Shuning uchun R asbobi koʻrsatkichlari harakatdagi tezlanishlarga proporsionaldir. Ikkinchi tenzodatchik Rk balkaga shunday oʻrnatilganki uning qarshiligi balka shakli oʻzgarganida oʻzgarmaydi va oʻlchov tenzodatchigi qarshiligida harorat oʻzgarishlari kompensasiyasi sifatida xizmat qiladi. Bu turdagi akselemetrlarning asosiy afzallik tomonlari shundaki katta diapazondagi tezlanishlarni oʻlchash imkonini beradi.
    Koʻrib chiqilgan akselemetrlar tomonidan ishlab chiqariladigan signallar juda kichik va kuchaytirishni talab etadi. Sinov vaqtida zarba natijasida hisoblanadigan natijalarga ta‘sir qiladigan yuqori chastotali toʻsiqlarni oldini olish uchun filtrlardan foydalanishadi.

    Download 4,33 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chiziqli (qochirma) tezlanish ta’sirlari sinovlari uchun asbob-uskunalar

    Download 4,33 Mb.