• Ovozli bosim ta’siri sinovlari.
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet99/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Zarbali nagruzkalar sinovlari. Koʻpgina mahsulotlarni zarbali nagruzkalar sinovida sinashadi. Sinovlarning maqsadi bu vayron qiluvchi zarbalarga chidash va ularni tugaganidan soʻng yana normal tarzda ishlashda davom etish, shuningdek, zarbali nagruzkalar ta‘siri ostida mahsulotlarni oʻz vazifalarini bajarish qobiliyatini tekshirish. Zarbaga mahkamlik sinovlari elektrik nagruzka bilan yoki nagruzkasiz oʻtkazilishi mumkin, biroq zarbaga chidamlilik sinovlari faqat elektrik nagruzka ta‘siri ostida oʻtkaziladi. Zarba vaqtida impuls davomiyligi va tezlanish kattaligi, shuningdek zarbalarning umumiy miqdorini MTHda belgilashadi. Sinovlar tugagach mahsulotlarni koʻrib chiqishadi va ularning parametrlari oʻlchanadi. Zarbaga chidamlilik sinovlarini zarbaga mahkamlik sinovlaridan soʻng oʻtkazishadi. Ba‘zida bu sinovlarni birlashtirishadi.
    Tezlanish ta‘siriga chidamlilik sinovlari. Bu sinovlarning maqsadi bu radiodetallarning va radioelementlarning chiziqli tezlanishlarning vayron qiluvchi ta‘siriga yon berish qobiliyatini saqlab qolishini va bunda oʻz vazifalarini davom ettira olish imkoniyatini tekshirishdan iborat. Mahsulotlarni stendning ish stoliga ishlatish chog‘ida turishi mumkin boʻlgan gorizontal, vertikal yoki umuman boshqa holatda mahkam mustahkamlaydilar. Undan soʻng mahsus balanslar yordamida stolning dinamik muvozanati oʻrnatiladi. Qoʻshishdan oldin stend stolini 360o ga aylantirishadi va uning yurish ravonligini tekshirishadi. Stendni qoʻshgach, stolni ―haydashadi‖. Stol aylanish tezligi 0.5 g dan 50 g gacha boʻlishi kerak. Xuddi shu tezlikda oʻchirilayotganda stend tormozlanadi.
    Ovozli bosim ta’siri sinovlari. Ishlatish jarayonida ovozli bosimga uchraydigan mahsulotlarni mahsus sinovlar asosida tekshirishadi. Sinolar maqsadi – bu mahsulotlarni akustik shovqinlar ta‘siriga mahsulotlarni bardosh berish qobiliyatini sinovdan oʻtkazish va shu ta‘sirlar jarayonida oʻzlarining elektrik parametrlarini oʻzgartirmagan holda vazifalarini bajara olish qobiliyatini tekshirish. Mahsulotlar ularni ishlatish chog‘idag holatlarini hisobga olgan holda mahsus stolga oʻrnatiladi. Mexanik yuklangan mahsulotlar real nagruzkalar yoki ularning ekvivalentlari bilan sinaladi. Sinovlar elektrik nagruzka bilan yoki nagruzkasiz, bir tekisdagi ovozli bosim mahsulotga ta‘siri bilan oʻtkaziladi. Sinovlar vaqtida mahsulotning tebranish amplitudalari ikki va undan ortiq oshib ketishi yoki ularning parametrlarining yomonlashishi kuzatiladigan rezonans chastotalarni aniqlashga intilishadi.
    Ovozli bosim manbalari sifatida elektrodinamik oʻzgartiruvchilar, havoning reaktiv torlari, kam quvvatli dvigatellar va maxsus sirenalarni ishlatshadi. Ovozli bosimlarni mahsus mikrofonlar yordamida magnitofonlarda
    yozib olinadi yoki mahsus apparaturada oʻlchanadi. Spektrlar analizi uchun signallarni maxsus analizatorlarga yuborishadi.



    Download 4,33 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.