• MAVZU. SINOVLAR BIRLIGINI TA‟MINLASHGA BOʻLGAN UMUMIY TALABLAR Reja: Sinovlar
  • Sinovlar birligini ta‟minlashga boʻlgan umumiy talablar
  • O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan




    Download 4,33 Mb.
    bet100/119
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,33 Mb.
    #252328
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119
    Bog'liq
    MM Mahsulot sifati nazorati-2022

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Mexanik sinovlarning maqsadi nimadan iborat?

    2. Mexanik sinovlar paytidagi rejimlar qanday belgilanadi?

    3. Vibratsion yuklamalar sinovi qanday amalga oshiriladi?

    4. Vibrostendlarni qanday turlari mavjud?

    5. Elektrodinamik vibrostendlar qanday maqsadda qoʻllaniladi?

    6. Zarbali nagruzkalar sinovi qanday maqsadlarda amalhga oshiriladi?

    7. Chiziqli tezlanishlar ta‘siri sinovlarini oʻtkazishda qanday uskunalardan foydalaniladi?

    8. Pyezoelektrik akselemetrlar qanday sinovlarni amalga oshirishda qoʻllaniladi?




    1. MAVZU. SINOVLAR BIRLIGINI TA‟MINLASHGA BOʻLGAN UMUMIY TALABLAR

    Reja:

      1. Sinovlar birligini ta‟minlashga boʻlgan umumiy talablar.

      2. Mahsulotni davlat sinovlarida metrologik ta‟minot.

      3. Sinovlarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan me‟yoriy hujjatlar haqida.



    Tayanch atamalar va tushunchalar: sinovlar birliligi, sinovlar birligini taminlash, sinov tashkiloti, sinov vositalari.



      1. Sinovlar birligini ta‟minlashga boʻlgan umumiy talablar

    Sinovlarning birligini ta’minlash - bu sinov natijalarining talab qilinadigan aniqligi, takrorlanuvchanligi va (yoki) ishonchliligiga erishishga qaratilgan ilmiy, texnik va tashkiliy chora-tadbirlar, usullar va vositalar majmuasidir.
    Sinovlarning birligini ta‘minlash mahsulot sifatini boshqarish tizimlarida sinovlardan samarali foydalanish uchun asosdir va u quyidagilarga qaratilgan:

    • yetkazib beruvchi va iste‘molchi bilan takroriy sinovlar natijalarida yuzaga kelushi mumkin boʻlgan tafovutlarni bartaraf etish;

    • kooperativ ishlab chiqarish, ichki va xalqaro tovar ayirboshlash, mahsulotlarni milliy va xalqaro sertifikatlashda yetkazib beruvchi va iste 'molchi oʻ rtasida sinov natijalarini oʻzaro e‘tirof etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

    • takroriy sinovlar hajmini kamaytirish uchun sharoit yaratish.

    Sinovlar birliligini taminlash bu tushuncha sinov natijalarining talab etilgan aniqligiga, qayta hosil boʻluvchanligiga va (yoki) ishonchliligiga erishish va qaratilgan sinov usullari va vositalari boʻyicha ilmiy texnik hamda tashkiliy choralar majmuyidir. Sinovlar birligini ta‘minlash – mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi sinovlarni aks aloqa bug‘ini sifatida ishlatishning eng zarur sharti hisoblanadi.
    Sinovlar birligini taminlash orqaligina:

    • iste‘molchi va ishlab chiqaruvchinig qayta sinovlarida natijalarni ruxsat etilmagan farqda boʻlishini bartaraf etish mumkin;

    • qayta sinovdan oʻtkazish miqdorini kamaytirish sharoitini yaratish mumkin.

    Koperatsiyalangan ishlab chiqarishda ichki va tashqi tovar almashishda, mahsulotni milliy va halqaro sertifikatlashda natijalarni oʻzaro tan olishga erishish mumkin. 21.1- jadvalda tasvirlangan kabi sinovning tashkiliy, me‘yoriy metodik, texnik asoslari boʻyicha tashkil etuvchilarni hisoga olib, sinovlar birliligin ta‘minlash boʻyicha umumiy talablarni ta‘minlash mumkin:
    Mahsulotga qoʻyiladigan talablar:
    Sinalayotgan mahsulot sifat koʻrsatkichlarining ruxsat etilgan chegaralari MHlarda belgilanayotganida:

    • sinov natijalarini talab etilgan aniqlik va (yoki) ishonchliligini ta‘minlash imkoniyatini;

    • mahsulot sifatini bir xil emasligi va bu koʻrsatkichni nostabilligini hisoba olinishi kerak.

    MH ga talablar: sinovlar attestasiyalangan metodika va dastur boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
    Sinov tashkilotlarga talablar: sinovni amalga oshiruvchi tashkilotlar attestatlangan boʻlishi kerak.
    Sinov vositalariga talablar: sinov rejimlarinig sinov qurilmasi xarakteristikalarining, ta‘sir etuvchi omillarning, mahsulot parametrlarining toʻg‘ri oʻlchanishi uchun zarur boʻlgan sinovni metrologik ta‘minoti vositalari sinov natijalarini belgilangan aniqlik va (yoki) ishonchliligi bilan olinishini taminlash kerak.
    Sinov vositalari – sinovni oʻtkazish uchun texnik vosita boʻlib, tarkibida oʻlchash vositasi sinov qurilmasi va yordamchi texnik vositalar boʻladi.
    Quyidagi 21.1-jadvalda sinov tashkilotlari strukturasi, me‘yoriy-texnik asoslari va texnik bazalari haqidagi ma‘lumotlar aks etgan.
    21.1-jadval



      1. Download 4,33 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119




    Download 4,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy ta‟lim, fan

    Download 4,33 Mb.