|
O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 10/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 385,89 Kb. | | #230789 |
Bog'liq 4 sinflarda olmosh so\'z turkumini o\'rganish metodikasi (2)II-bob bo’yicha xulosa
Olmoshning ma’nosi ot, sifat va sonning ma’nosiga nisbatan umumiy, keng va noaniq bo’ladi. Shuning uchun kishilik olmoshlari haqida o’quvchilarga tushuncha berishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko’rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Bunda kishilik olmoshlarini ot bilan almashinib qo’llanishiga alohida to’xtalinmaydi. Chunki birgina u olmoshining aniq ma’nosini aytish uchun avval uning qanday so’z o’rnida kelganiga ahamiyat berish kerak bo’ladi. U olmoshi ot bilan ifodalangan har qanday predmetni ko’rsatish uchun qo’llanilishi mumkin: U-o’quvchi, u-qalam, u- hayvon, u-hovli, u-suv va b.q
Men, sen olmoshlari esa hech qachon ot bilan almashinib qo’llanmaydi: men o’qiyapman, sen o’qiyapsan deyish mumkin, lekin Madina o’qiyapman, Halima o’qiyapsan tarzida qo’llanmaydi. O’qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqat qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot badiiy asardan keltirilgan og’zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi.Kishilik olmoshlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilarda quyidagi bilim va ko’nikmalar hosil qilinadi:
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim so’rog’iga javob bo’ladi;
kishilik olmoshlari so’z turkumi sifatida;
kishilik olmoshlari 3 shaxsni birlik va ko’plikda ifodalaydi;
-ni,-ning, qo’shimchalari men, sen olmoshiga qo’shilganda, o’zakdagi -n tushib qoladi; u olmoshiga –ga, -da, -dan, qo’shimchalari qo’shilsa, bir -n tovushi orttiriladi kabi bilimlar;
olmoshlarni nutqda to’g’ri va o’rinli qo’llash, ularni kelishikli holatda to’g’ri yozish, so’roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko’nikmalari hosil qilinadi.
Olmosh so`z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tushuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi. O`quvchilar olmoshlarning kelishik bilan qo`llanishini hali o`rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi.
Kishilik olmoshlarini o`rgatishda darslikda berilgan mashq materiallari, topshiriqlar, qo’shimcha sifatida “O’qish kitobi”dan kichik badiiy asarlar matnidan foydalanish mumkin. Mashqlar ustida ishlash jarayonida o’quvchilarga predmetni nomlamay uni ko’rsatayotgan so’zlarni aniqlash, so’roq berish va gapda bajaradigan sintaktik vazifasini aniqlash orqali kishilik olmoshlari haqidagi bilim chuqurlashtirib boriladi:
Men, sen, u – so’z turkumi. Bu so’z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u - kishilik olmoshlari. Men - I shaxsni, sen - II shaxsni, u - III shaxsni ko’rsatadi. Shundan so`ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi. Kishilik olmoshlarining birlik va ko`pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qachon men, sen, u, qachon biz, siz ular ishlatilishi ustida ishlanadi. Egalik qo’shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so’zlovchi(men), tinglovchi (sen), o’zga (u) eslatiladi va u kishilik olmoshlari bilan bog’lanadi. Olmoshning gapda ega vazifasida kelishi aytiladi.
O’quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so’roq berish, qaysi so’roqlarga javob bo’layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o’zi bog`langan so’z bilan ko’chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularni gapda qanday bo’lak bo’lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tuzish. (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o’zgartirib ijodiy qayta hikoyalatiladi.
Xulosa
Ta’lim bosqichlarida olmosh so‘z turkumini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining, shuningdek, fan dasturi va darsliklarining tahlili natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
1. Olmosh so‘z turkumini o‘rganish o‘zbek tilini o‘qitishning muhim qismidir. Azal-azaldan tilshunoslar va metodist olimlar ta’lim jarayonida olmosh so‘z turkumini va uning mavzularini o‘rganishga doir qator ilmiy ishlar monografiyalar yaratishgan. Morfologiya bo‘limininig tarkibiy qismlari ta’limda qator murakkabliklar keltirib chiqayotgan ham bejiz emas. Olmoshning asosiy muammolaridan biri so‘zning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir.
2. Tahlilga tortilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan va o‘quv va metodik qo‘llanmalarning mazmunidan ham shu narsa anglashildiki, zamonaviy pedagogik texnologiya asosida aynan “olmosh” so‘z turkumini o‘qitishga bag‘ishlangan ishlar yo‘q. Ammo aksariyat ishlarda bu bo‘lim mavzulari pedagogik texnolgiya haqida fikr yuritilgan o‘quv-metodik ishlarda va ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqot predmeti sifatida tatbiq etilgan.
3. Umumta’lim maktablarining “Ona tili” o‘quv dasturidan o‘rin olgan “Olmosh” so‘z turkumi mavzulari va ular uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga bu bo‘lim yuzasidan yetarlicha bilim berishga, ularda shu mavzlar bo‘yich ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkon beradi. Mavzuga oid termintushunchalar, o‘qitilishi lozim bo‘lgan grammatik qoidalar, ulardagi uzviylik ilmiylik o‘quvchida bu so’z turkumi yuzasidan yetarlicha bilim olishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga, bog‘lanishli nutqini shakllantirishga, ularning so‘z boyligini oshirishga, so‘z va uning ma’nolari ustida ishlash ko‘nikmalarini va sintaktik qurilmalar ustida ishlash qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan uzviy tizim sifatida bayon qilingan. Ammo o‘quv soatlarini biroz ko‘paytirilganda yaxshi bo’lardi. Chunki olmosh boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ancha murakkabroq mavzu deb o‘ylayman.
4. Akademik litseylarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv dasturini umumta’lim maktablarining “Ona tili” o‘quv dasturining uzviy davomi deb aytish mumkin, chunki maktab dasturida olmosh haqida sof nazariy leksik bilimlar berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, akademik litseylarning bu o‘quv dasturida olmoshning uslubiy xususiyatlariga e’tibor berish ko‘zda tutilgan.
5. Umumta’lim maktablarining “Ona tili” va akademik litseylarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv dasturlari darsliklari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” aks ettirilgan ta’limning uzviyligi vauzluksizligi, nazariya va amaliyotning o‘zaro aloqadorligi tamoyili talablariga mos tarzda yaratilgan. Faqat e’tiroz sifatida shuni aytish mumkinki, maktab darsligida faqatgina 4-sinf darsligida emas boshqa sinf darsligida ham kiritilishi, akademik litsey uchun yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida asosiy e’tibor olmoshning uslubiy xususiyatlariga va ularni mustahlash uchun berilgan mashq va topshiriqlar uchun tanlangan matnlarni esa hajm jihatidan biroz kichikroq hamda unda mavzuga aloqador termin-tushunchalarning nisbatan ko‘pligiga e’tiborni qaratish zarur.
6. Darsni o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida avval mavzuni og‘zaki tarzda ozroq bayon qilib, har bir qoidaga alohida misollar berilib ketilsa va o‘quvchilardan ham misol so‘ralsa ma’ruzaning interfaol usulda o‘tilishi ta’minlanadi. Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarga murojaat qilish ularning diqqatini jamlashiga, nofaol tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Natijada, o‘quchilar olmoshga mustaqil misol topishlari ortidan mavzuni yaxshiroq o‘zlashtiradi, bevosita o‘zlari ishtirok etganlari uchun mavzu xotirada yaxshiroq saqlanib qoladi.
7. O‘quvchilarga dars qay darajada tushunarli bo‘lganini bilib olish uchun shu mavzuga doir test,krossvord va har bir o‘quvchiga beriladigan individual savollardan foydalangan ma’qul. Mazkur mashqlar o‘quvchidan maxsus tayyorgarlik talab etmaydi, biroq yangi olingan ma’lumotni unga aloqador tushunchalar orqali xotirada faollashtirishadi. Berilgan topshiriqni bajarishi natijasida o‘quvchining nimalarni tushunganini bilib olish va zaif joylarini mustahkamlash mumkin.
8. O‘quvchilarni baholash uchun esa,bir necha olmoshlar yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga tarqatib,ularni 5 daqiqa ichida kim tez ma’noviy turlarga ajratish vazifasini berish orqali amalga oshirsa bo‘ladi.Bu jarayonda birinchi bajargan beshtalikka ‘‘5’’ baho,ikkinchi beshtalikka ‘‘4’’baho,uchinchi beshtalikka esa ‘‘3’’ baho qo‘yiladi. Bu jarayon o‘quvchida musobaqalashish hissiyotini uyg‘otadi, qo‘yilgan vazifani bajarishga ishtiyoqini oshiradi.
9. Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning muhim jihati shundaki, u o‘quvchilarni faollashtiradi, ularga fikrni mustaqil ifodalash, tanqidiy fikr yuritish, tahlil qilish, xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
10. Olmosh so‘z turkumini amaliyot jarayonida ikkinchi kurs talabalariga o‘tish jarayonida shu narsa kuzatildiki,dars davomida ‘‘Muammoli vaziyat’’ ‘‘Blits-so‘rov’’ foydalanilsa ijobiy yaxshi natija berar ekan. Muammoli ta’lim texnologiyasi metodlarini darsda qo‘llash orqali o‘quvchilarning bir-biriga qaramaqarshi fikrlar bildirish qobiliyatini shakllantirish,muammolarga tez va oson yechim topa olish qobiliyatini shakllantiradi17.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|