• Kurs ishining maqsadi.
  • Muammoning o‘rganilganlik darajasi




    Download 385,89 Kb.
    bet3/11
    Sana14.05.2024
    Hajmi385,89 Kb.
    #230789
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    4 sinflarda olmosh so\'z turkumini o\'rganish metodikasi (2)

    Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ona tilini o‘qitish sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan M.Asqarova, A.G’ulomov, Y.Abdullaev, M.Omilxonova, K.Qosimova, H.Zahirov, A.Po‘latov, A.Mirzaev, O.Roziqov, A.Sayfullaev, O.Yoqubjonova, N.Shukrullayev, R.Abdulahatova, R.Inog‘omova, B.Mirzaahmedov, M.Abduraimova, R.Qayumova, T.G‘aniyev, M.Sobirova, Sh.Yusupova, N.Sattorova, T. Yusupova, T.Ziyodova, A.Bobomurodova, M.Saidov, O.Oxunjonova kabi metodist olimlarning yaratgan tadqiqot ishlari, metodik qo‘llanmalari, ilmiy maqolalarida uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida ona tilini o‘qitish yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar bayon qilingan. Mazkur ishlardagi tavsiyalardan bugungi kunda ham maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili darslarini tashkil etishda zaruriy dasturulamal sifatida unumli qo‘llanilmoqda. Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida olmosh so‘z turkumini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Ular tomonidan yaratilgan dissertatsiyalarda, monografiyalarda, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarda, davriy nashrlarda chop etilgan maqola va tezislarda bu masalaga juda ko‘p marotaba qo‘l urilgan. Ularni o‘rganish va tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu bo‘lim mavzularini o‘qitish masalasiga nafaqat bugungi kunda, balki uzoq davrlardan buyon dolzarb mavzu sifatida e’tibor qaratilib kelinayotganligini guvohi bo‘lamiz, chunki bu bo‘limni o‘rganishda grammatik bilim berishgina emas, balki tilimizning so‘z boyliklari orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ularda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin va ravon bayon qila olish malakalarini shakllantirish muammolari birinchi planga chiqadi.
    Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi umumta’lim maktablarining ona tili darslarida morfologiya bo‘limining olmosh so’z turkumi mavzularini o‘qitishning mazmuni shakli, vositalari va metodlarini, shu jarayonda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga va ularda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.

    Download 385,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 385,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoning o‘rganilganlik darajasi

    Download 385,89 Kb.