|
II Bob. Innovatsion texnologiyalar yordamida olmosh so‘z turkumini o‘qitish metodikasi va uni o’qitishda qo’llaniladigan mashqlar
|
bet | 8/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 385,89 Kb. | | #230789 |
Bog'liq 4 sinflarda olmosh so\'z turkumini o\'rganish metodikasi (2)II Bob. Innovatsion texnologiyalar yordamida olmosh so‘z turkumini o‘qitish metodikasi va uni o’qitishda qo’llaniladigan mashqlar
2.1 Innovatsion texnologiyalar yordamida olmosh so‘z turkumini o‘qitish metodikasi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi sohada ulkan o‘zgarishlar, mazmun jihatidan yangilanishlar amalga oshirilishiga turtki berdi. Mazkur me’yoriy hujjatlarda ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tub islohotlar – ta’lim mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonini yangilash, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Bu esa ta’lim tizimining sifat darajasini yangilash, ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi.
Hozirgi davr ta’lim jarayoniga ‘‘innovatsion yondashuv” atamasi kirib keldi. Shu yo‘sindagi tadqiqotlarning aksariyatida innovatsion faoliyat yangilik va ilmiy pedagogik texnologiyalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan bo‘lsa, ayrim olimlarning izlanishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta’limdagi o‘zgarishlarni tashkil etish, innovatsion faoliyat uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari tahlil qilingan10.
Xo‘sh, innovatsiya, innovatsiya, innovatorlar, innovatsion ta’lim, innovatsion texnologiya, innovatsion o‘qitish deganda nima tushuniladi? Dastavval, innovatsiyadeganda nimani tushunishimizni bilib olishiz zarur. “Innovatsiya” so‘zi lotincha “yangilanish, yangilik yoki o‘zgarish” ma’nolarini anglatadi. Innovatorlar deganda, ixtiro qilingan yangiliklarning mualliflari, tushuniladi, demak, ular yangilik yaratuvchilardir. Innovatsion ta‘lim – yangilangan, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta‘lim jarayoni. Innovatsion o‘qitish – yangicha o‘qitish tizimi. Innovatsion texnologiya – pedagogika rivojini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni. Demak, innovatsion yondashuv bu – ta‘lim jarayoniga yangicha o‘qitish tizimini tatbiq etish, yangi texnologiyalarni qo‘llashdan iborat bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi. Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning muhim jihati shundaki, u o‘quvchilarni faollashtiradi, ularga fikrni mustaqil ifodalash, tanqidiy fikr yuritish, tahlil qilish, xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi o‘ziga xos tamoyillarga asoslaniladi:
a) muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirb olish;
b) umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish;
v) modul ichida yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini tuzib chiqish; g) maqsadlarga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belilab olish;
d) dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga va fanlararo aloqalarga e’tibor qaratish. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Darsda uch maqsad ko‘zda tutiladi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish. Mana shu uch maqsadni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar yaqindan yordam beradi.
Innovatsion texnologiyalarda foydalanishda quyidagilarga e’tibirini qaratishi lozim:
• innovatsion texnologiyalarning mohiyati;
• ta’lim maqsadlarini amalga oshirishdagi ro‘li;
• fan bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tamoyillari;
• ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
• muammoli va rivojlantiruvchi tomonlari;
• o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilaish yo‘llari;
• Ko‘rsatmali o‘qitish usullari.
Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar. Quyida innovatsion texnologiyalardan ba’zilarini keltiramiz va sharhlaymiz:
1. “Aqliy hujum” texnologiyasi.
2. “Klaster yoki tarmoqlanish” texnologiyasi.
3. “Kichik guruhlarda ishlash yoki hamkorlik” texnologiyasi.
4. “Musobaqa” texnologiyasi.
5. “Idrok xaritasi” texnologiyasi.
6. “FSMU” texnologiyasi
7. “Sinkveyn” texnologiyasi.
8. “Seminar-trening” texnologiyasi.
9. “Ajurli arra” texnologiyasi.
10. “Baliq skeleti” texnologiyasi.
11. “Qaysi biri ortiqcha?” texnologiyasi.
“Aqliy hujum” texnologiyasi.
“Aqliy hujum” usulini qo’llash quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: Bu texnologiyadan yangi mavzuni mustahkamlash va uyga berilgan vazifani so‘rash jarayonida foydalaniladi. Bunda ham sinf o‘quvchilari kichik guruhlar bo‘linib olinadi.
“Aqliy hujum” texnologiyasidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1) har bir o‘quvchini bergan to‘g‘ri javobi uchun rag‘batlantirish lozim;
2) guruhning barcha a’zolari ishtirok etishini ta’minlash zarur;
3) har birining o‘z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyatliligini his qilishga yo‘naltirish kerak. “Aqliy hujum” texnologiyasi ham maktab ona tili darslarida, ham akademik litsey hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida unumli qo‘llash va ijobiy natijalarga erishish mumkin bo‘lgan samarali texnologiyalardan hisoblanadi. Shu bois uni tatbiq etishda quyidagilarga e’tibor qaratish juda ham muhim:
1) ta’limning qaysi bosqichiga tatbiq etilayotganiga;
2) o‘quvchilarning yoshiga;
3) taqdim etilayotgansavollarning sodda yoki murakkabliligiga;
4) egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga11.
Olmosh so’z turkumi mavzularini o‘rgatishda zamonaviy interfaol usullarning o‘rni bor. Maktabda “Aqliy hujum” texnologiyasidan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish orqali darsni yanada qiziqarli va o‘quvchilar faoliyatini esa oshirish imkoniga ega bo‘lish mumkin. Shu o‘rinda “Aqliy hujum” texnologiyasi haqida batafsil tushuncha berib o‘tmoqchimiz: Darsning uyga vazifani so‘rash va o‘tilganlarni mustahkamlash bosqichlarida bu texnologiyadan unumli foydalanish mumkin.Masalan, o‘tgan mavzu olmosh bo‘ladigan bo‘lsa , o‘quvchilarga tayyorlanib kelishi uchun taxminiy savollar oldindan taqdim etiladi. Savollar o‘qituvchi tomonidan beriladi. Guruhdagi o‘quvchilarning tez va aniq javobi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qaysi guruhdan o‘quvchi birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa shu javob rag‘bat olish imkonini qo‘lga kiritadi. Natijalar jamlanib, g‘olib guruh aniqlanadi. “Aqliy hujum” texnologiyasidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
– har bir o‘quvchini bergan to‘g‘ri javobi uchun rag‘batlantirish lozim;
– guruhning barcha a’zolari ishtirok etishini ta’minlash zarur;
– har birining o‘z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyatliligini his qilishga yo‘naltirish kerak.
O‘qituvchi darsni o‘quvchilardan uyga vazifani so‘rash bilan boshlaydi. Uyga vazifa: Rasm asosida “Kuzda” mavzusida matn tuzing, ravish so’z turkumidan foydalaning. O‘quvchilar baholangandan so‘ng yangi mavzu e’lon qilinadi. Yangi mavzu:Olmosh va uning uslubiy xususiyatlari. Ushbu mavzuni o‘rgatishga noan’anviy yondashgan holda, dastlab, sinfdagi o‘quvchilarni guruhlarga: “Aristokrat”, “Intellekt” va “Everest” kabi guruhlarga bo‘lib olinadi va yangi mavzuni o‘rganish “Bilimlar oroliga sayohat” o‘yini bilan boshlanadi. O‘qituvchi orol manzarasi, ya’ni uchta kema, daraxtlar, qirg‘oq va dengiz tasviri tushirilgan plakatni doskaga ilib qo‘yadi. Uch guruhga bo‘lingan o‘quvchilar o‘z kemalarida bilimlar oroliga sayohatga chiqadilar. Oroldagi “Savol-javob” va “Davom ettir” bekatlarida to‘xtab, undagi shartlarni bajarish lozim. Birinchi bekat: “Savol-javob” deb nomlanadi. O‘quvchilardan berilgan savollarga guruh bilan kelishgan holda javob beradilar. Savollar quyidagicha: 1. Olmosh deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring. 2. Olmoshning qanday ma’no turlari bor Misollar keltiring. 3. Bo‘lishsizlik olmoshlariga ta’rif bering,va misollar keltiring. Savollarga to‘g‘ri javob bergan guruh ikkinchi bekatga, ya’ni “Davom ettir” bekatiga yo‘l oladi. Bu bekatda o‘quvchilar bosh qismi berilgan maqollarning, qolgan qismini mustaqil ravishda topishlari kerak musobaqa tarzida o‘tkaziladi.Bekatlardagi shartlarni a’lo darajada bajargan guruh g‘olib deb e’lon qilinadi va rag‘batlantiriladi.
– “Klaster yoki tarmoqlanish” texnologiyasi. Unda o‘quvchilar deduktiv metodga xos ravishda yakka tartibda yoki guruhlarga bo‘linib ishlaydilar. Bunda ularga quyidagi umumiy savol beriladi.
– “O‘yin” texnologiyasi. Ma’lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy talablaridan biri ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o‘rgatishdir. Chunonchi, maktabda o‘tiladigan barcha fanlar qatori ona tili fanidan o‘tkaziladiganmashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, ayniqsa, “o‘yin texnologiyasi”dan foydalanish yaxshi samara berayotganligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi yoshlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayoniga turli xildagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar (ta’limiy o‘yinlarni ) tatbiq etish lozim. Chunonchi, hozirgi kunda ilg‘or o‘qituvchilarning ijodiy izlanishlari natijasida bir qancha zamonaviy ta’lim usullari ishlab chiqildi. Bu usullardan samarali foydalanish – o‘qituvchidan o‘z fanini puxta bilishni, ilg‘or zamonaviy o‘qitish usullaridan samarali foydalanish yo‘llarini kashf eta olish va amalda qo‘llay olishni talab qiladi. Shundagina o‘qitish sifati ham, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi ham yuqori bo‘ladi. “O‘yin” texnologiyasini darsning uyga vazifani so‘rash va mustahkamlash bosqichlariga tatbiq etilsa maqsadga muvofiq. Chunki umumta’lim maktablarining 3- 4-sinflarida bu texnologiyaning qo‘llanilishi nisbatan ona tili ta’limining boshqa bosqichlariga qaraganda samaradorlikka erishishga qulay va oson. O‘quvchilarning yoshi, fiziliogik holati, psixologiyasi o‘rganish va tahlil qilish natijalari hamda o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari shundan dalolat beradi. Demak, bu texnologiyaning tatbiqi o‘quvchilarning darsga va mavzuni yaxshiroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning faol harakat qilishlari uchun zamin yaratadi. Bu darsning yanada samarali bo‘lishiga imkon beradi.
“Baliq skeleti” texnologiyasi. “Baliq skeleti” texnologiyasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, 4-sinfda o‘qitiladigan olmosh so‘z turkumiga oid mavzularni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida buni qo‘llash orqali darsning yanada samarador bo‘lishini ta’minlasa bo‘ladi.
“Baliq skeleti” sxemasi texnologiyasi
Qoidasi: Baliq skeletining bosh chanog‘iga mavzuga oid umumiy qoida,olmoshning umumiy qoidasi, qo‘yiladi. Skeletning tepadagi qovurg‘alariga olmoshning ma’noviy turlari birin-ketin yozilsa,pastagi qovurg‘alariga har bir olmosh turiga misollar yoziladi.
“Qaysi biri ortiqcha” texnologiyasi qoidasi:
Dastavval o’quvchilarga olmosh to‘g‘risidagi mavzu o‘tiladi. O‘tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi va ularning javoblari ham ilova qilinadi. Javoblar orasiga noto‘g‘ri variantlari ham qo‘shib qo‘yiladi. O‘quvchilar bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kishilik olmoshlari: men, biz (I shaxs); sen siz (II shaxs); u, ular (III shaxs); Ko’rsatish olmoshlari: bu, shu, o’sha, mana shu, mana bu, ana shu kabilar; So’roq olmoshlari: kim, nima, qanday, necha, qaysi, qancha, nega, qalay kabilar; O’zlik olmoshi: o’z; Belgilash jamlash olmoshlari: har bir,har qaysi,har qancha kabilar; Bo’lishsizlik olmoshi: hamma, butun barcha, bari, har kim, har qanday (hech qaysi) kabilar; Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima kabilar12.
Kichik guruhlarda ishlash yoki hamkorlik texnologiyasi. Kichik guruhlarda ishlashda dars jarayonida barcha o‘quvchilarni faollashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlash yo‘llari quyidagilardan iborat:
1) Topshiriq, chalkash masala yoki savol asosida muammo tanlab olinadi. Topshiriqda bahsli jihatlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
2) Kichik guruhlar shakllantiriladi. Guruhlardagi o‘quvchilar soni taxminan 5-6 tani tashkil etishi lozim.
3) Guruhda ishlash vaqti belgilab olinadi.
Masalan,4ta guruh tuzilib guruhlarning har biriga olmosh so‘z turkumi qatnashgan 6 ta gap beriladi.O‘quvchilar bu gaplardagi olmosh so‘z turkumini topib, olmoshning qaysi ma’no turiga kirishini aniqlashlari lozim.Kichik guruhlarda ishlash jarayonida alohida masalalar yuzasidan o‘z fikrini guruhda muhokama qilishga, turlicha fikrlarni uyg‘unlashtirib, umumiy nuqtayi nazarga kelishga o‘rgatiladi. Shuningdek, har bir o‘quvchi guruh a’zosi sifatida sinfdoshlari oldida so‘zga chiqib, guruh nuqtayi nazarini himoya qiladi va bu bilan o‘quvchida ko‘pchilik oldida so‘zlash, o‘z fikrini himoya qilish, fikrlarini uyg‘unlashtira olish, xatosiz va chiroyli yozish kabi ko‘nikma va malakalar shakllana boradi.
– “Seminar-trening” texnologiyasi. Bu texnologiyadan, asosan, akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki litsey yoshidagi o‘quvchilarda o‘zining mustaqil fikrini aytishga, fikrni ifodalash jarayonida taqdimot materiallarini ishlab chiqishga ishtiyoq kuchli bo‘ladi. O‘zlari ham qo‘shimcha manbalardan ma’lumotlar to‘plab, ulardan taqdimot jarayonida foydalanishga harakat qilishadi. Seminar-trening ishtirokchilari o‘rtaga tashlangan masala yoki mavzu yuzasidan ta’limning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili talablariga rioya qilgan holda o‘z fikrlarini bayon qilishadi, mustaqil fikrlarini dalillar bilan asoslashga harakat qilishadi. Masalan, aynan shu usulni olmoshning uslubiy xususiyatlariga oid bilimlar o‘rgatib bo‘lingandan so‘ng mustahkamlash va o‘quvchilarda o‘tilganlar yuzasidan ko‘nikma va malakalar hosil qilish maqsadida tashkil etish mumkin13.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II Bob. Innovatsion texnologiyalar yordamida olmosh so‘z turkumini o‘qitish metodikasi va uni o’qitishda qo’llaniladigan mashqlar
|