|
O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 7/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 385,89 Kb. | | #230789 |
Bog'liq 4 sinflarda olmosh so\'z turkumini o\'rganish metodikasi (2)I bob bo’yicha xulosa
So’z turkumlarini o’rganish bo’yicha DTS va ona tili dasturi talabiga ko’ra olmosh, asosan 4-sinfda o’tiladi. Olmosh so’z turkumining ma’nosi va grammatik xususiyatlari boshqa so’z turkumlariga o’xshamagan, noaniq va murakkabligi bois olmoshning faqat bir turi kishilik olmoshini o’rgatish ko’zda tutilgan. Bunda mavzular quyidagicha belgilanganligi bilan xarakterlanadi:
1) Kishilik olmoshlari haqida ma’lumot: kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi; Kishilik olmoshlarining kim?, kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lishi.
2) Kishilik olmoshining shaxs otlari o‘rnida qo‘llanishi. Men, sen, biz, siz olmoshlarining 1-, 2-shaxs ko‘plikni ifodalashi, shaxsga ishora qilishi, lekin ot o‘rnida qo‘llana olmasligi, u, ular olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi
3) Kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. Men, sen kishilik olmoshlarining qaratqich va tushum kelishigida qo‘llanishi, tovush tushishi hodisasining yuz berishi, u olmoshi jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida qo‘llanganda tovush orttirilishi hodisasining yuz berishi.
4) Kishilik olmoshlarining gapdagi vazifasi.
5) Olmoshlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish.
Boshlang’ich ta’limda faqat kishilik olmoshlarini o’rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishi va imlosi o’rgatiladi.
Kishilik olmoshlari yuzasidan o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Bilim:
1. Kishilik olmoshlariga kiradigan so’zlar va ularning ma’nolari;
2. Kim? so’rog’iga javob bo’lishi;
3. Bosh bo’lak va ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi;
Ko’nikma:
1. Kishilik olmoshlarining turlarini farqlash.
2. Kishilik olmoshlariga kim? so’rog’ini bera bilish.
3.Gap va matn tarkibidan kishilik olmoshlarini so’roqlari orqali aniqlay olish.
4. Kishilik olmoshlarini shaxs bildiruvchi so’zlardan farqlash.
5. O’zi bog’lanib kelgan so’z orqali so’roq berish .
6. Kishilik olmoshlarining gapda bosh va ikkinchi darajali bo`lak vazifasida kelishini, uni to’g’ri yoki to’lqinli chiziq orqali belgilay olish.
7. Kishilik olmoshlarini to’g’ri talaffuz qila olish.
8. Kishilik olmoshlaridan og’zaki va yozma nutqda to’g’ri va o’rinli foydalana olish.
Malaka:
1. Kishilik olmoshlarining ma’nosini izohlay olish.
2. Kishilik olmoshlarining talaffuzi va yozilishini izohlay olish.
3. Imlo lug’atdan foydalana olish.
4. Kishilik olmoshlarini o’qilgan asar matnidan topa olish.
5. Berilgan kishilik olmoshlari ishtirokida birikma va gap tuza olish.
7. O’qiganlari, kuzatganlari va rasm asosida kishilik olmoshlarini qatnashtirib kichik hikoya (matn) tuza olish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|