Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda turistik resurslardan samarali foydalanish




Download 54,43 Kb.
bet12/15
Sana15.05.2024
Hajmi54,43 Kb.
#234359
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Murodov Shaxzod diplom ishi

3.4 Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda turistik resurslardan samarali foydalanish
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati bo’lsa, undan samarali foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi.
Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan samarali foydalanishda sohada yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda jahon xo’jaligida bu sohada band ishchi kuchining ulushi yildan – yilga oshmoqda.
Butunjahon sayyohlik va turizm kengashi (World Travel and Tourism Council) ma’lumotlariga ko’ra 1996 yil turizm sohasida 225 mln. ish o’rni mavjud bo’lgan bo’lsa, 2006 yilga kelib, yana 130 mln. ish o’rni ortishi bashorat 63 qilingan edi. Hozirgi vaqtda turizm sohasida jahondagi mavjud har 10 ta ishchi kuchining biri band.
Ayrim mamlakatlarda bu ko’rsatgich yanada yuqori. Masalan, Ispaniyada turizm sohasida iqtisodiy faol aholining 8,3 foizi, Barbadosda – 10,5 foizi, Maltada – 15 foizidan ortig’i band. Mustahkam ko’p tarmoqli iqtisodiyotga ega bo’lish uchun iqtisodiy qaram bo’lmaslikkina emas, balki xar bir davlat o’z iqtisodiyotini mustaqil yaratishga va rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Bu jarayon davrida ushbu davlat halqning turmush darajasi yomonlashmasligi, hamda jamoatchilikdan talab qilinadigan sarf xarajat juda kam miqdorni tashkil qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Har qanday davlat uchun esa turizm ana shunday amaliy yo’nalishlardan biri xisoblanadi, ayniqsa xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa muhim manbaa tarmoqlariga nisbatan katta sarmoya talab qilmaydi.
Demak, iqtisodiyotning ana shu tarmog’ini rivojlantirish uchun boshlang’ich manba bo’lishi shart. Biroq bu xarajatlarning o’rni keyinroq to’ldiriladi, chunki turizmning rivojlaninshi xorijiy investisiyalarning kelishini ta’minlaydi, bu esa o’z navbatida davlat byudjetining valyuta rezervini ko’tarilishiga olib keladi.
Dengiz va okeanlarga chiqish imkoniga ega bo’lish, sayohatchilarning davlatlarga jalb etilishida alohida o’rin tutadi, biroq O’zbekiston bunday imkoniyatlarga ega bo’lmasligiga qaramay, u Markaziy Osiyoning yo’llar tuguni chorrahasida joylashgan. Bu esa nafaqat xarakatlarning, tovar almashish, tkxnologiyalar va uskunalar ayirboshlash uchun, balki turizmni rivojlantirish uchun ham qulay imkoniyatlar yaratadi. Masalan, Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo’qon, Shaxrisabz kabi qadimiy shaxarlarimiz bugungi kunda butun dunyoga mashxur Respublikamiz xududidagi 4 mingdan ortiq arxitektura yodgorliklari YUNESKO himoyasiga olingan.
O’zbekistonning rekreasiya resurslari yil mobaynida sayohatchilarning qabul qilish va ular uchun turli xildagi sayohat yo’nalishlarini tashkil etish imkoniga ega. Ko’pgina xorijiy ekspertlarning fikriga ko’ra, Markaziy Osiyo mintaqasi, ayniqsa
O’zbekiston kuchli turistik potensialga ega, bu esa ko’pgina sayohatchilarni oqimini o’ziga jalb etadi. Bu esa o’z navbvtida, bizning respublikaga keladigan xorijiy turistlar sonini ko’paytirish, ularga yuqori malakali servis xizmatlarini tashkil qilishgina emas, balki vatandoshlarimizning boshqa davlatlarga turistik yo’nalishlar bo’yicha chiqishlari uchun qulay sharoitlarni ham yaratadi. Bizning davlatimizda turizm faqatgina tarixiy obidalari borligi uchungina emas, balki xukumatimiz tomonidan e’tibor kuchaytirilganligi, turistik biznes sohasiga oid bir qator meyoriy – xuquqiy xujjatlarning qabul qilinaytgani sababli ham rivojlanib bormoqda4.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekislik, daryolari, cho’l va vaholari, ko’p va turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir.
Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. O’zbekistonda tarixiy – madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatidagi 7 mingdan ortiq obyektlar mavjud. Mutaxasis B. To’rayev fikricha ulardan 545 tasi – arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig’i arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan ortiq obyektlar ta’mirlanmoqda, 500 tasi esa ta’mirlanishga muhtoj.
Ko’p mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ta’mirlanish jarayonini o’zi turistlar uchun qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 300 dan ortiq mezeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ziyorat obyektlari miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda -201 ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan turizm maqsadida foydalanish tashkil etilmagan.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turizmni iqtisodiyotning muhim tarmog’i sifatida shakllantirish uchun hozirgi kundagi qilinadigan xarajatlar albatta kelajakda o’z samarasini beradi. Albatta, bunda O’zbekistonga keladigan sayyohlarning qancha vaqt turishi yoki davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun turistik resurslarni aniqlash va undan samarali foydalanish turistik infratuzilmani 27295 28020 6000 8000 65 shaklantirish va turistik marshrutlarni kengaytirish, turistik xizmatlarni yaxshilash kabi ko’plab muammolarni hal etishimiz kerak.

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. // «Xalq so’zi» gazetasi, 2002 y. 3 sentyabr.




Download 54,43 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 54,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda turistik resurslardan samarali foydalanish

Download 54,43 Kb.