Oʻzbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi




Download 54,43 Kb.
bet9/15
Sana15.05.2024
Hajmi54,43 Kb.
#234359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Murodov Shaxzod diplom ishi

________________________________
2 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori. // «Xalq so’zi» gazetasi, 1998 y. 9 avgust. 98

4.1 O’zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, ulardan foydalanish va muhofaza qilish
Jahon madaniyati va turistik faoliyatda boshqarish va standartlashda asosiy rolni YUNESKO va BTT o’taydi. Mazkur tashkilotlar turli turli o’tkaziladigan anjumanlar, tadbirlarda mazkur resurslardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berib boradi. Ko’pgina tarixiy obidalar YUNESKO tasarrufida bo’lib, ular muhofaza ostiga olingan. Bu kkbi meroslarni saqlash, muhofaza qilish bo’yicha Mexiko (1981 y) deklarasiyasi qabul qilingan.
Ko’pgina hududlar o’ziga xos qadimiy shaharlar, arxitektura, tarixiy madaniy yodgorliklarga boy hisoblanadi. Turistik infrastruktura rivojlanishi tarixiy o’zlikni manzarasi buzilmasligi kerak.
Har bir tashkil etilayotgan yangi turistik markaz (obyekt) Milliylik bilan uyog’unlashgan, qaytarilmas o’ziga xoslikka ega bo’lishi lozim. Albatta, tarixiy-madaniy, arxitektura va madaniy majmualarni milliy qadrqiymati, tarixiy bahosini tiklash va muhofaza qilish orqaligina turistlar qiziqishini orttirish, bu orqaldi turizmni rivojlantirish mumkin.
Madaniy-tarixiy majmualarni qayta tiklashda umumiy (ansambl) va yakka (individual) uslubida loyihalashtirish qabul qilingan. Madaniy tarixiy va tabiiy merosni quyidagicha kategoriyalarga bo’lishni mutaxasislar qo’yidagicha taklif etgan:
- asosan turistlar ishlatadigan obyektlar (festivallar, namoyishlar, yodgorliklar va h.k.)
- aralash foydalaniladigan obyektlar (kamiga tarixiy yodgorliklar va muzeylar, teatrlar, qo’riqxonalar va boshqa;)
- asosan mahalliy aholi foydalaniladigan obyektlar (fuqarolar inshootlari, madaniy obyektlar, kinoteatrlar, kutubxona va boshqa;) Madaniy va turizm sohasida asosiy yo’nalishlarida turli tashkilotlarning o’zaro hamkorligini aniqlab olish juda muhim sanaladi. Turistik rivojlanish siyosati quyidagi talablarni keltirib chiqaradi:
- turistik resurslar ruyxatini tayyorlash, turizmni rivojlanishi uchun madaniy tarixiy, tabiiy merosni tasniflash muhim obyektlarni ajratish;
- turistik ahamiyatga ega joy va asosiy turistik hududlarni ajratishni hamda tegishli mahalliy madaniy, tarixiy va tabiiy yodgorliklarni muhofaza qilishni ta’minlash;
- milliy boylik hisoblangan sun’iy va tabiiy, moddiy va nomoddiy obyektlar hamda mahalliy aholi yashadiki (san’at,folkor va b.) turizm maqsadida foydalanish;
Mintaqa madaniy merosiga nisbatan hurmat bilan qarashga mahalliy aholi va turistlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan tadbirlarni o’tkazish. Hozirgi kunda jamiyatda iqtisodiy ijtimoiy va madaniy rivojlanish jadvallik bilan kechmoqda. Bu esa o’z navbatida misollarda ish yuzasidag harakati, dam olish kunlarini ko’payishi natijasida turisik faoliyatga ehtiyoj oshmoqda. An’anaviy turizm shakllariga yangicha yondoshishga talab oshmoqda.
Ya’ni turlarning madaniy tarkibiga mahalliy diqqatga sazovor joylar bilan tanishini ham kiritish katta samara berib, sayohatni mazmunli va uzoq vaqtga cho’zilishiga sabab bo’ladi. Turizm hudud uchun foyda berishdan tashqari, mahalliy aholini o’zining ajratib merosidan farqlanishiga olib keladi. Bu jihatdan foydalanib turistik resurslardan turizm maqsadida samarali foydalanish tizimini yaratish mumkin.
Milliy madaniy meros obyektlarini ijodiy va ehtiyojli qondiradigan holatda namoyish qilish kerak. Hozirgi ilmiy texnik rivojlanish natijasida hamma mintaqalarda bir xil madaniy ko’rinishlarni namoyon qilgan. Shuning uchun har bir hudud boshqa joylardan ajralib turadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi lozim.
Shundagina ular turistik bozorga taklif etuvchi mahsulotlarga ega bo’ladi. Madaniy meros obyektlariga quyidagilar kiradi:
- arxeologik yodgorliklar;
- madaniy arxitektura;
- landshaft arxitektura yodgorliklari;
- katta va kichik tarixiy shaharlar;
- qishloq joylari;
- muzeylar, teatrlar, ko’rgazma zallari va b.;
- sasiomadaniy infratruktura;
- etnografiya obyektlari, xalq udumlari va an’analari amaliy madaniyat markazlari;
- texnik komplekslar va asbob
- anjomlar.
Mamlakatga keluvchi chet ellik sayyohlar o’rtasida katta talab bilan foydalaniladigan yo’l ko’rsatkichlarni chet tillarda chiqarishda tashabbus ko’rsatishi rus, ingliz, fransuz va nemis tillarga ustunlik berish lozim. Diqqatda sazovor joylar to’g’risidagi ma’lumotldar yonida shu tillarda yozma yoki ovoz tasviridagi tushuntirishlar berilishi lozim. Mehmonxonalar va sayyoxlar uchun yo’nalish beruvchi axborot markazlarini shaklantirish turizm rivojida muxim axamiyat kasb etadi.1
Samarqand shahrida turistik axborotlar markazini vujudga keltirish, mehmonxonalarni taklif qilish, diqqatga sazovor joylar xaqidagi materiallarni ko’rsatish va asosiy e’tiborga loyiq hudatlarni reklama qilish muhim ahamiyatga egadir. Markaz tijorat asosida ishlashi ham mumkin (kirish badali, turlar, yo’l ko’rsatkichlar va boshqa xizmatlarga, mehmonxonada joylarni bron qilish hisobiga haq olish, yodgorlik buyunlarini sotish va h.k).
Bunda qo’yidagi ishlarni amalga oshirish kerak: Mavjud diqqatga sazovor joylani mustahkamlash:
- axborot lavhalari, plakatlar, ko’rgazmalar va boshqa shu kabi vositalar yordamida turistlarni asosiy malumotlar bilan ta’minlash bo’yyicha dasturlarni amalga oshirish. Mumkin bo’lgan barcha joylarda oddiy varaqalardan foydalanib bir necha tillarda ma’lumotlarni yetkazib berish;
- ayrim asosiy shaharlarda audio-turlarni tashkil kilish;
- muzey ekspozisiyalarini kengaytirish va arxeologik kazishmalar amalga oshirilayotgan joylarda (eng qiziqarli punktlarda to’xtab o’tish bilan) piyoda sayir qilishni tashkil kilish juda muxim.
Yangi diqqatga sazovor joylar: - ipak to’lasi ishlab chiqarish bazasida tashrif buyurishning yangi joylarni tasheil qilish;
- ipak to’qishdan boshdab, tayyor mahsulotgacha jarayonlar haqida hikoya qilish bilan eskursiyalar uyushtirish;
Buning uchun juda mos joy Marg’ilon bo’lishi mumkin. U yerda pillaga ishlov berishdan boshlab, ipak matolar ishlab chiqarish bilan tudallanadigan barcha bosqichlarni o’z ichida olgan juda qiziqarli ipakka qo’lda ishlov berish fabrikasi mavjud. Bunga qo’shimcha ravishda Irak tolasi yetishtirishning barcha jarayonlarini qo’rsatadigan va fabrikali ishlab chiqarish bosqichlarini ancha to’liq tushuntirib beradigan markaz tashkil qilincha yanada maqsadga muvofiq bo’ladi.

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. // «Xalq so’zi» gazetasi, 1995 y. 4 iyun.


Ekskursiya mavsumi ipak to’lasi yetishtiriladigan xo’jalik (ferma)larga tashrif buyurish bilan boshlanishi mumkin. Ekskursiyaning yakunlovchi bosqichi tayyor mahsulotlar ko’rgazmasi hisoblanadi. Bu yerda ipakdan tayyorlangan buyumlarni taklif qilib, ularning xarid qilish imkoniyatini ham yaratish mumkin.
Turli kolleksiyaga ega bo’lgan muzeylarning mavjudligi O’zbekistonning ijtimoiy va madaniy rivojlanishini xususiyatlarini aks etdiradi. Muzeylar madaniy, tarixiy, badiiy me’rosimiz, xalqlar dini va e’tiqoti, ularning an’analari bilan tanishtirib, yoshlarimizni vatanparvarlikka va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o’rgatadi. Davlatimiz mezeylarni rivojlanishi, yodgorliklarni tiklanishga katta ahamiyat beradi. Temuriylar tarixi muzeyining yaratilishi bunga misol bo’la oladi. Respublika muzeylarining ichida 3 ta muzey-qo’riqxona: Samarqand, Buxoro, Xiva («Ichan-Kala»); 3ta yirik badiiy muzeylari: O’zbekiston Davlat san’at muzeyi (Toshkent shahari); Davlat xalq-amaliy san’ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi mavjud.
O’zbekistonda yagona bo’lgan (Toshkent sh.) Tabiat muzeyi 120 yildan beri mavjuddir. Muzey jamgarmasida 1.5 mln. ekponatlar bor. Qadimiy muzeylardan biriO’zbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini o’rganish bo’yicha ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi juda katta kitob va qo’lyozma jamgarmasiga ega. O’zbekiston tibbiyot muzeyi (Toshkent) tibbiyot bilimlari tashviqoti, ekologiya muammolari, sanitariya va gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali bor. 82 Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va mehnat sharafi muzeyi, kino san’ati muzeyi tashkil qilingan; badiiy ko’rgazma direksiyasi, RTVS «O’zeksposentr», U.Tansikbayev, Tamara xonum, A.Qahhor, G’afur G’ulom muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda o’lka muzeylari mavjud. Angren, Sirdaryo, Urganchda badiiy galereyalar ochilgan. Respublika muzeylari shuningdek turli ekskursiya, ma’ruza, adabiyot kechalari, Mustaqillikka, «Navro’zga» bag’ishlagan etnografik ko’rgazmalari va b. o’tkazadi. O’zbekiston madaniyati vazirligi xalqaro «Oltin meros» xayriya fondi, Badiiy akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak faoliyatini yaxshilash dasturini yaratdi. Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida «Moziydan sado» jurnali yaratildi. Xorij tajribasidan ma’lumki muzeylardan turizm faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng targ’ibot qilish orqali turizm maqsadida foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.

Download 54,43 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 54,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi

Download 54,43 Kb.