|
rasm. Barg xom-ashyo qismi
|
bet | 5/20 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #136704 |
Bog'liq DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,1 rasm. Barg xom-ashyo qismi
Qo‘riqxonalar, botanika bog‘lari va shunga o‘xshash joylarda ma’muriyat ruxsatisiz gerbariy uchun o‘simliklar yig‘ish mumkin emas. Gerbariy uchun singan, yulib ketilgan, chaynalgan, kasallangan va nimjon o‘simlik olinmaydi. Gerbariy uchun yig‘iladigan o‘simlikning organlari – ildizi, bargi, poyasi, mevasi, gul va urug‘lari bo‘lishi shart. Har xil tipdagi daraxtlar uchun novdalar bargi bilan, gullagan novdalar mevalari va qishlovchi kurtaklari bilan yig‘ib olinadi. Bundan tashqari daraxtning asosiy tanasidan bir bo‘lak po‘stloq ham olinsa gerbariy to‘liq olingan hisoblanadi. Shunday qilib, to‘liq materialga ega bo‘lish uchun ayni o‘simlik turidan har xil mavsumiy muddatlarda takror material yig‘ish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Gerbariy varaqlariga yopishtiriladigan yorliqlarga quyidagi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi:
1) o‘simlikning mahalliy nomi, ilmiy nomi va u qaysi oilaga mansubligi; 2)o‘simlik o‘sib turgan joy;
3)o‘simlik o‘sib turgan muhit;
4)o‘simlik yig‘ilgan vaqt;
5) o‘simlikni yig‘ib kelgan o‘quvchining ismi va familyasi;
6)gerbariyning tartib raqami.
O‘zbekiston florasida 4500 ga yaqin yuksak o‘simlik turlari mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi foydali o‘simliklarhisoblanadi. Masalan, oziq ovqat o‘simliklari 42 turni, ozuqabop (em hashak) o‘simliklar 107 turni, dorivor o‘simliklar 113 turni, alkaloid saqlovchi o‘simliklar 76 turni, saponin saqlovchi o‘simliklar 15 turni, efir moyli o‘simliklar 53 turni, yog‘ to‘plovchi o‘simliklar 56 turni, tanid saqlovchi o‘simliklar 59 turni, bo‘yoqbop o‘simliklar 58 turni, kamed saqlovchi o‘simliklar 9 turni, smola saqlovchi o‘simliklar 9 turni, mum saqlovchi o‘simliklar 5 turni, kauchuk saqlovchi o‘simliklar 4 turni, tsellyuloza qog‘ozbop o‘simliklar 14 turni, yog‘och beruvchi o‘simliklar 16 turni, ziynat (bezak) uchun foydalaniladigan o‘simliklar 30 turni, asal shira beruvchi o‘simliklar 115 turni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston florasida mavjud o‘simliklar turlari bir biriga o‘xshashligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bois, dorivor o‘simliklarni aniqlashda o‘simliklar sistematikasi alohida o‘rin egallaydi. Bundan tashqari, o‘simliklar olami biokimyoviy tarkibi, tarqalish areali, morfologik tuzilishi va boshqa usullarga binoan sistematik guruhlarga ajratiladi.
O‘simliklarning nomenklatura qoidalari. Rasmiy ravishda tan olingan botanika nomenklaturasining xalkaro kodeksi tomonidan er yuzida tarkalgan o‘simliklarni birliklari sifatida 23 taksonomik birlik kabul kilingan. Xususan: Riegnum vegetabile — buning so‘zma-so‘z tarjimasi o‘simliklar olami; Devisio- bo‘lim; Subdevisio — kenja bo‘lim; Klassus — ajdod; Subklassus — kenja ajdod; Ordo — qabila; Subordo —kenja qabila; Familia — oila; Subfamilia — kenja oila;Genus — turkum; Subgenus — kenja turkum; Species -tur; Subspecies — kenja tur; Varietales — variatsiya;
Subvarietas — kenja variatsiya; Forma — (forma) shakl:
O‘simliklar sistemasidagi taksonomik birliklarning asosiylari bulim, ajdod qabila, oila, turkum, tur bulib, xar bir o‘simlik turi shu taksonomik birlikka mansub. O‘simliklar olamining eng kichik va asosiy taksonomik birligi tur xisoblanadi.
|
| |