|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
|
bet | 4/20 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #136704 |
Bog'liq DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
I. MAVZU: Dorivor o‘simliklarning oila, avlod va turkumlarini o‘rganish. Gerbariylar tayyorlash usullarini o‘rganish.
II. Ishning maqsadi:
Dorivor o‘simliklarning oila, avlod va turkumlarini o‘rganish, gerbariylar tayyorlash, Gerbariylar tayyorlash tartiblari har xil o‘simlik hom-ashyolariga har xil materiallarning ishlatilish usullari, Gerbariylar saqlash joylari va vaqtini o‘rganish xaqida ma’lumotlar berish.
III. Kerakli jihozlar va materiallar:
Dorivor o‘simlik namunalari, penset, leneyka qalam, A3 shaklidagi qog‘ozlar,
bostirish va qotirish qurilmasi.
IV. Ishni bajarish tartibi
O‘simlikni kovlab olish uchun har xil asboblardan foydalaniladi. Ular ekskursiyada olib yurish uchun qulay bo‘lishi kerak. Umumiy kovlagich sifatida eni 25-34 mm li iskana, diametri 25-30 mm va uzunligi 30-40 sm keladigan trubadan tayyorlangan kovlagichdan foydalanish mumkin. Kovlagich bilan birga yig‘ma pichoq hamda maxsus tok qaysi bo‘lishi lozim. Ular yordamida tikanli o‘simliklar (maymunjon, na’matak va boshqalar) hamda daraxtlarning shoxlari qirqiladi. Uch tomonida ilmog‘i bo‘lgan tayoqdan esa suv tubidagi va yurib bo‘lmaydigan botqoqliklardagi o‘simliklarni yig‘ishda foydalaniladi. Yig‘ilgan o‘simliklar qog‘oz yoki gazeta solingan papkaga joylanadi.
Papkani pishiq karton yoki fanerdan yasab olish mumkin. U ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, o‘lchami 42-44×30 sm. Karton yoki faner bo‘laklarini tasma bir-biriga tortib turishi uchun ularda tirqish ochiladi. Papkaning ikkinchi tomonidan tasma o‘tkazilib, uni yelkaga osib yuriladi. Papkaga kovlagich va yorliqlarni solib yurish uchun qo‘shimcha qo‘shimcha cho‘ntaklar qilinsa ham bo‘ladi.
O‘simliklar yig‘ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq amal qilish zarur. O‘simlikni yaxshi bilmaslik natijasida ba’zi zaharli o‘simliklarga qo‘l urilganda teri kuyadi yoki bargi iste’mol qilinganda zaharlanish hodisasi kuzatiladi. O‘simliklarning gul changi ta’sirida ba’zan allergiya ro‘y beradi.
|
| |