|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
|
bet | 3/20 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #136704 |
Bog'liq DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,Mualliflar
KIRISH
Zamonaviy ilmiy tibbiyotda talaygina yangi dori vositalari va davolash usullari mavjud, ammo aksariyat hollarda biz foydalanayotgan dori turlari kimyoviy mahsulotlar bo‘lib, o‘z navbatida ular turli xil nojo‘ya asoratlarni chaqiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilishini hayotning o‘zi isbotlab turibdi.
“Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan. Shu bois, zamonaviy tibbiyotda samarali qo‘llanilib kelayotgan fitopreparatlar tarkibi va tayyorlanish usullarini mukammal egallashga asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur fan dorivor o‘simliklardan olinadigan suvli, spirtli ajratmalar, galen va novogalen preparatlari, biologik faol qo‘shimchalar, gomeopatik va aromaterapiya vositalarini tayyorlash usullarini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Fanni o‘qitishning maqsadi. Dorivor o‘simliklardan suvli, spirtli ajratmalar, choylar, briketlar, yig‘malar, galen va novogalen preparatlari, biologik faol qo‘shimchalar, gomeopatik va aromaterapiya vositalarini tayyorlash usullarini o‘rgatishdir.
Fanning vazifalari: -Dorivor o‘simliklar asosida olinadigan davo vositalari-fitopreparatlar taʼrifi, tavsifi, nomenklaturasi; “Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash” o‘ziga xos tomonlari; Biologik faol moddalarni o‘simlik tarkibidan to‘liq ajralishiga taʼsir etuvchi omillar; “Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr; -Dorivor o‘simliklardan suvli, spirtli ajratmalar, choylar, briketlar, yig‘malar, galen va novogalen preparatlari, biologik faol qo‘shimchalar, gomeopatik va aromaterapiya vositalarini tayyorlash usullari. Ularni tahlili va reglamentlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - Fitopreparatlarni tarkibini tanlash va texnologiyasini amalga oshirish nazariyasini; - Dorivor o‘simliklardan suvli, spirtli ajratmalar, choylar, briketlar, yig‘malar, galen va novogalen preparatlari, biologik faol qo‘shimchalar, gomeopatik va aromaterapiya vositalarini tayyorlashdagi o‘ziga xos tomonlarni; -kichik mexanizatsiya uskunalarini bilishi va ularni foydalana olishi; -dorivor o‘simliklar asosida turli agregat holatidagi xom-ashyo qismini olinishi va turg‘unligini taʼminlash; -tayyor fitopreparat meʼyoriy hujjatlarni rasmiylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi bo‘lishi kerak.
Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun tuzilgan ushbu o‘quv qo‘llanmada mamlakatimizda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning biologik faol moddalarga boy bo‘lgan yer osti (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz) yoki yer ustki organlarini (barg, gul, poya, meva, urug‘) fizikaviy, biokimyoviy, makroskopik va mikroskopik tahlil etish yo‘llari bayon etilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari, dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi namlik, kul, ekstraktiv moddalarni aniqlash, shuning bilan birgalikda dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va ularning tasnifi, tarkibida polisaxaridlar, vitaminlar, terpenoidlar, alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar, fenol birikmalari, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, kumarin va furakumarinlar, lipidlar saqlovchi o‘simliklar va ular tarkibidagi biologik faol moddlarni sifatiy va miqdoriy taxlil qilish yo‘llari xaqida keng bilimlarga ega bo‘ladilar.
|
| |