-rasm. Dorivor o‘simliklarni gul xom-ashyosi qismi




Download 1,8 Mb.
bet7/20
Sana13.01.2024
Hajmi1,8 Mb.
#136704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,

2-rasm. Dorivor o‘simliklarni gul xom-ashyosi qismi.
Mikroskopik texnika yordamida dorivor o‘simlik mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlashga javob bera oladigan preparatni mikroskopik tekshiri uchun tayyorlanadi.
Mikroskopik texnika materialni tekshirishga tayyorlash, mikroprepart tayyorlash usullari va boshqa masallarni hal qilishni talab etadi. O‘rganiladigan mahsulot o‘simlikning qaysi qismiga tegishli ekinligiga qarab tekshirishning mikroskopik texnika usuli aniqlanadi.
Mikroskopik texnika yordamida mikroskopda aniq ajaratila oladigan turli ko‘rishdagi mikropreparat tayyorlanishi kerak. Bunga ob’ektlarni suyuqlida yoritish, ularni bo‘yash, u yoki bu suyuqlik bilan shimdirish va boshqalar yordam beradi.
2. Dorivor o‘simlik mahsulotlarini makroskopik tahlil usuli.
Makroskopik tahlil tegishli normativ-texnik hujjatlar(FS, VFS, GOST va boshqlar)ning “Tashqi belgilari” bo‘limining talablariga asoslangan hola olib boriladi.
Buda o‘simlik mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi ko‘z bilan yoki 10 marta katta qilib ko‘rasatadigan lupa yordamida kuzatiladi, ularga xos bo‘lgan belgilar (mahsulot shakli) umumiy ko‘rinishi, tuklar bilan qoplanganligi, barglarining tomirlanishi, ildiz va ildizpoyalarning sindirgandagi ichki ko‘rinishi, rangi, hidi, zaharli bo‘lmagan mahsulotlar mazasi va boshqalar aniqlanadi va tegishli hujjatlarga solishtirib ko‘rib xulosa chiqariladi.
Makroskopik tahlil uchun dorivor o‘simlik mahsulotlarining o‘rtacha namunasidan bir qismini olib, uni biror tekis narsa (mahsus faner, plyonka, oq karton, qog‘oz va boshqalar) ustiga tekis yoyib qo‘yib, lupa yordamida ko‘riladi. Agarda barg planstinkasi yupqa bo‘lib, quritish vaqtida burishib qolgan bo‘lsa (shuningdek quritilganda burishgan xo‘l mevalarni ham), bir necha daqiqa issiq suv solib olinadi. So‘ngra bargni ehtiyotkorlik bilan oyna plastinkasi ustiga yoyiladi, meva esa xo‘llangandan keyin o‘zining quritilmasidan oldingi holatiga keladi.
Mahsulotlarning katta-kichikligi chizg‘ich (leneyka) yoki millimetrli qog‘oz yordamida uzunasiga, eni qalinligiga va aylanasiga 10-20 marta o‘lchanib, keyin xulosa chiqariladi.
Mahsulotning rangi tabiiy yorug‘likda aniqlanishi lozim. Ildiz, ildizpoya va qalin po‘stloqlarning ko‘rinishidan tashqari ko‘ndalangiga sindirilgandagi rangi ham aniqlanadi.
Mahsulotlarning hidini aniqlash uchun larni barmoqlar orasida ezib maydalab, qattiqlarini (ildiz, ildizpoya, urug‘, meva va boshqalar) sindirib, skalpel (pichoq) yordamida qirib yoki havonchada maydalab hidlanadi.
Zaharli bo‘lmagan dorivor o‘simlik mahsulotlarini mazasini aniqlashda ularni olib chaynab ko‘rish so‘ngra yutmasdan tupurib tashlash va og‘izni suv bilan chayish keark.
Dorivor o‘simlik mahsulotlarining makroskopik tahlilini to‘g‘ri o‘tkazish uchun tahlil qiluvchi shaxslar aalbatta o‘simlik morfologiyasi sohasida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari lozim. Bu esa ularning botanika sohasidagi nazariy ilmlari va ko‘nikmalariga asoslanadi.
Makroskopik tahlilida asosan dorivor o‘simlik mahsulotlarini bargi, guli, o‘t va er ustki qismi, po‘stloq, meva, urug‘, ildiz, ildizpoya, tuganak, piyozbosh qismlari o‘rganiladi.
Bargi. Farmatsevtika amaliyotida “barg” deb quritilgan bandli yoki bandsiz yoki murakkab bargning alohida bargchalaridan tashkil topgan mahsulot tushuniladi.
Bargni makroskopik tahlil qilishda uning shakli, barg plastikasining katta-kichikligi, barg bandining uzunligi, tomirlanishi va barg chetiga e’tibor beriladi. Mayda va qalin barglar tekshirilayotganda material quruq bo‘lsa ham, yuqoridagi belgilar yaxshi ko‘rinadi. Yirik va yupqa barglarni o‘rganilayotganda ular mahsulotda burishgan holatda bo‘lgani uchun ularni nam kamerada yumshatiladi va issiq suvda bir necha minut xo‘llaniladi. Xo‘llanilgan bargni oyna plastinkachiga tekislab yoyib qo‘yib, so‘ngra tekshiriladi.
Guli. “Gullar” yoki “Gul” deb farmatsevtika amaliyotida quritilgan gul to‘plami, ayrim gullar yoki ularning qismlariga aytiladi. Gullar va gulto‘plamlam asosan o‘simlik gullaganda, ba’zan hollarda esa g‘unchalaganda yig‘iladi.
Quruq materialda gulto‘plamning tuzilishi, gul yoki gulto‘plamining katta-kichikligi, tuklari bor yoki yo‘qligi, rangi, hidi, mazsi aniqlanadi. Gulni yoki gulto‘plamning tuzilishini o‘rganish uchun ularni 5-10 daqiqaga qaynoq suvga solib xo‘llaniladi. Xo‘llanilgan gulni oyna plastinkasiga yoki buyum oynachasiga joylashtirib, lupa ostida yoki stereomikroskop yordamida o‘rganiladi. Bunda ko‘pincha gulkosacha va gultoji barglari, otalik, onaliklarini ajratib, alohida tekshiriladi.
O‘t va er ustki qismi. Faramatsevtika amaliyotida “O‘t” deb, o‘simlikning quritilgan er ustki qismi hisoblanadi. O‘tlar odatda o‘simlik gullagan vaqtida, ba’zan o‘simlikning gullashgacha bo‘lgan davrida yoki meva tukkan davrda ham yg‘ib olinadi. Shuning uchun mahsulot tarkibiga poya, barg, gul va qisman pishmagan meva kiradi. O‘tlarni yig‘ishda har xil o‘simliklarning turlicha qismlari olinadi. Yirik o‘simliklarning bargli tepa qismi yig‘ilsa, boshqa bir o‘simlikning hamma er ustki qismi, ba’i o‘simliklarning o‘ti ildiz bilan birga yig‘ib olinadi. Yig‘ilgan o‘tlar quritiladi, yanchiladi, g‘alvirda elab, yirik poya qismlari tashlab yuboriliyu, yanchilgan mahsulot olinadi. U barg, gul va ingichka poya qismlari va shohchalardan. Ba’zan pishmagan mevalar aralashmasidan ibora bo‘ladi.
O‘tlarni makrokopik taxli qilishda quruq materialda hamma qismlarining tuklari bor yoki yo‘qligi, rangi, hidi va mazasini aniqlanadi. O‘simlik ba’zi qismlarining morfologik tuziliini o‘rganish uchun ularni issiq suvga 5-10 daqiqa solinadi va oyna plastinkasiga yoki plyonkaga ehtiyotlik bilan yoyiladi. Bunda bargning shakli, katta-kichikligiga, poyada joylashganiga, gulto‘plami, guli va boshqalarning tuzilishiga e’tibor beriladi. Yanchilgan o‘t o‘rganilayotganda mahsulot tarkibidagi hamma qismlarni ho‘llab o‘ziga xos belgilari aniqlanadi.
Po‘stloq. Farmatsevtika amaliyotida “po‘stloq” deb daraxat va butalarning poya, shox va ildizining kambiya qismigacha joylashgan tashqi qismi hisobalanadi. Ular asosan, bahorda, o‘simlik tansida suyulik yura boshlagan vaqtda shilib olinadi va quritiladi.
Po‘stloq mahsulot har xil o‘lchamli naysimon, tarnovsimon yoki yapaloq shaklli bo‘laklardan iborat. Uning makroskopik tahlil quruq materialda olib boradi. Bunda po‘sloq bo‘lakchalarining shakliga, katta-kichikligiga va ayniqsa qalinligiga e’tibor beriladi.
Meva. Farmatsevtika amaliyotida “meva” deb, haqiqiy va soxta meva, murakkab meva va ularning bo‘laklaridan tashkil topgan dorivor o‘simlik mahsulotiga aytiladi. Mevalar odatda etilib pishganda, ba’zan pishishidan oldin yig‘iladi. Mevalarni makroskopik tahlil qilishda ularning shakli, katta-kichikligi, rangi, hidi, mazasiga e’tibor beriladi. Meva meva po‘stlog‘idan va uning ichidagi urug‘ yoki danakdan tashkil topgan. Perikarp quruq yoki sershira bo‘ladi. Quruq mevalar quruq holicha; quritish vaqtida shaklini o‘zgartirgan xo‘l mevalar esa oldin quruq holatda va keyin 10-20 daqiqa davomida issiq suvda ivitilib, so‘ngra ularning shakli va o‘ziga xos tuzilishi o‘rganiladi. Bunda meva ichidagi danak yoki urug‘ soniga ham e’tibor beriladi.; ularni ivitilgan mevadan ajratib shakli va ustki tomonidan ko‘rinishi aniqlanadi. Mevani makroskopik tahlil qilishda stereeomikroskop yoki lupadan foylaniladi.
Urug‘. Farmatsevtika amaliyotida “urug” deb butun urug‘ yoki alohida urug‘ pallasiga aytiladi. Urug‘lar to‘liq etilib pishganda yig‘iladi. Urug‘ – urug‘ po‘sti, endosperma, palla va urug‘ kurtagidan tashkil topadi.
Urug‘ning chinligini aniqlashda uning shakli, katta-kichikligi, rangi va ustki tomon ko‘rinishi o‘rganiladi.
Stereomikroskop yoki lupa yoramida urug‘ning ko‘ndalang kesimini ko‘rib, urug‘ endosperm to‘qimasining ko‘rinishiga e’tibor beriladi. Undan tashqari, kurtak, shakli, katta-kichikligi va joylanishi ham o‘rganiladi.

Download 1,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Dorivor o‘simliklarni gul xom-ashyosi qismi

Download 1,8 Mb.