|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo’limi
|
Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 24,03 Kb. | | #108024 |
Bog'liq hisobotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Magistratura bo’limi
70530901 – Fizika (yo’nalishlari bo’yicha)mutaxassisligi
I kurs magistranti
Yo’ldosheva Mahbuba Ilhom qizining
2023 – 2024 o’quv yili 2-semester ikkinchi yarim yillik uchun amalga oshirilgan ishlar
bo’yicha o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar
HISOBOTI
70530901 – Fizika (yo’nalishlari bo’yicha) mutaxassisligi I kurs magistranti Yo’ldosheva Mahbuba Ilhom qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2023 – 2024 o’quv yili 2-semestri sentabr oyida amalga oshirgan ishlar hisoboti.
Ushbu o’quv yili davomida I-kurs 2-semestr uchun mo’ljallangan o’quv darslarni muntazam o’rganib bordim. O’quv rejada belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan dars mashg’ulotlariga qatnashib bilimlarimni oshirdim. Semestr davomida bizga fizikaning kvant elektronikasi, kondensirlangan muhitlar spektroskopiyasi, atom va molekulyar spektroskopiya fanlari o’tildi. Bu fanlardan biz 1-kurs magistrlariga fakultetimizning yetakchi o’qituvchisi f-m.f.d. prof E.Yu. To’rayev,Kasimov A.S. Xolmurodov M. P.lar dars o’tdilar. Magistrlik dissertasiyasi mavzusi va uni tayyorlash rejasi haqida har haftada uch martadan o’zaro muloqotga bordim. Ushbu oyda kafedraning bir qancha o’qituvchilari Niyozova O. Xolmurodov B. va Tursunov.M larning darslariga kirib, ularning ilmiy-pedagogik mahoratlarini kuzatdim. Hozirgi kunda yuqori haroratli o’ta o’tkazgichlar va ularning fizik xususiyatlari haqida kengroq ma’lumotlar olishga va olimlarning o’ta o’tkazgichlar sohasida bajargan tajribalarini to’plash va o’rganish bilan shug’ullanayapman.
Ilmiy raxbar: ________ ________________________
Kafedra mudiri: _________ _______________________
Magistratura bo’limi boshlig’i: _________ _______________________
70530901 – Fizika (yo’nalishlari bo’yicha)mutaxassisligi I kurs magistranti Yo’ldosheva Mahbuba Ilhom qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2023 – 2024 o’quv yili 2-semestri oktabr oyida amalga oshirgan ishlar hisoboti.
Kafedramizning yetakchi o’qituvchisi bo’lgan Niyozova O. ning kimyo yo’nalishi 1-kurs talabalariga mo’ljallangan labaratoriya ishi mashhulotida qatnashdim, talabalarga yangi mavzuni tushuntirdim va labaratoriya mashg’ulotini bajarib, natija oldim. Ushbu labaratoriya davomida talabalar bilan qanday ishlash va darsni qanday rejalashtirish kabi ko’nikmalarga ega bo’ldim. Oy oxirigacha ushbu manbalarni ilmiy rahbarim f-m.f.d.prof.E.To’rayev bilan muhokama qildik. Bundan tashqari bir nechta saytlar orqali ham ma’lumotlar topdim. Ushbu oyda kafedraning 3 nafar yetakchi professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarida qatnashdim va ularning mashg‘ulotlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot shakllantirib ilmiy rahbar nazoratidan o‘tkazdim. O’tkazilayotgan ilmiy tatqiqot loyihalari mavzulari bo’yicha masalalar, algaritmlar, metodlar, dasturiy yechimlar, instrumentlar vositalarini tatqiq qilish va ishlab chiqarish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Ilmiy raxbar: ________ ________________________
Kafedra mudiri: _________ _______________________
Magistratura bo’limi boshlig’i: _________ _______________________
70530901 – Fizika (yo’nalishlari bo’yicha)mutaxassisligi I kurs magistranti Yo’ldosheva Mahbuba Ilhom qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2023 – 2024 o’quv yili 2- semestri noyabr oyida amalga oshirgan ishlar hisoboti Yuqori haroratli o’ta o’tkazgichlar va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqdim. Shu mavzu bo’yicha ingliz tilida maqola chiqardim. Bu maqolada dissertatsiya mavzumning dastlabki kirish qismidagi ma’lumotlarni kiritdim. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’ta o’tkazgichlar haqida kengroq ma’lumotlar to’plab maqola ustida ish olib bora boshladik. Uni ilmiy raxbarim bilan muhokama qilib kerakli o’zgartirishlarni kiritdik. Magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan tayyorlashda tadqiqot obyekti va mavzusini aniqladik, tadqiqot mavzusini tanladik tanlangan mavzu bo‘yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishdim. Shu bilan birgalikda kafedramiz o’qtuvchilarining darslarida ishtirok etib bevosita o’quv jarayonini kuzatdim. Kuzatish davomida darsni tashkilashtirishning yangi metodlarini o’rgandim. Dissertatsiya mavzumdagi ma’lumotlarni natijalarini birinma ketin yozib ola boshladim. Mavzuga doir rasmlarni va jadvallarni kam yig’ib ularni ham kirita boshladim.
Ilmiy raxbar: ________ ________________________
Kafedra mudiri: _________ _______________________
Magistratura bo’limi boshlig’i: _________ _______________________
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo’limi
|