• Eskirtirishdan maqsad
  • Galvanik qoplash vannasining ko’rinishi va nikel qoplangan buyumlar




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

     
    Galvanik qoplash vannasining ko’rinishi va nikel qoplangan buyumlar. 
     
     
    Detallar xomakilarini eskirtirish usuli.
     
    Eskirtirish (starenie) – poʼlatni maʼlum bir haroratgacha qizdirish va uzoq 
    vaqt uni shu haroratda ushlab turish opreatsiyasi. Oʼtga bardoshli poʼlatlarni 
    eskirtirish natija-sida ulardagi ichki quyish kuchlanishlari bartaraf etiladi
    oʼlchamlari barqarorlashadi, xossalari yaxshilanadi.
    Payvand birikmalarni eskirtirishda ularni +160..+200 gradusgacha qizdirib, 
    16-18 soat davomida shu haroratda ushlab turiladi. 
    Eskirtirishdan maqsad quymaning strukturasini muvozanat holga keltirish, 
    quymani qotish jarayonidagi va mexanik ishlov berishda (dagʻal yoʻnishda) ichki 
    harorat kuchlanishlari va zoʻriqishlaridan xalos qilish. 
    Eskirtirish tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy eskirtirish usulida xomaki 
    quyilganidan yoki dagʻal yoʻnilganidan keyin ochiq havoda 15 kundan 6 oygacha 
    va undan ham koʻproq saqlab turiladi. Ushbu jarayon choʻzilishi sababli sunʼiy 
    eskirtirish usuli qoʻllaniladi. Buning uchun xomakini elektr, gazli yoki neftli pechda 
    (oʻchoqda) +450...+500 gradus haroratgacha qizdiriladi, 12-15 soat shu haroratda 
    ushlab turiladi va pech bilan birgalikda asta-sekin 2,5-3 soat sovutiladi va undan 
    keyin ochiq havoda sovutiladi. Baʼzan detalni sunʼiy eskirtirishni boshqa usullar 
    bilan, masalan blokka osilgan detalni atrofini bolgʻacha bilan urib chiqish, detalni 
    silkitish, titratish, elektr toki oʻtkazish, qaynoq va sovuq suvli vannalardan oʻtkazish, 
    ishlov berilishi qiyin yuzalarini qoʻl bilan jilvirlash usullari qoʻllaniladi. Eskirtirish, 
    asosan yirik quyma detallarga nisbatan qoʻllaniladi, masalan dastgohlarning choʻyan 
    korpuslariga. Eskirtirish - yirik buyum oʻz shaklini uzoq vaqt saqlab qolishi uchun 
    uni puxtalash, chiniqtirish maqsadida qoʻllaniladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Galvanik qoplash vannasining ko’rinishi va nikel qoplangan buyumlar

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish