153
boʻlishi, turtib chiqib turuvchi elementlari bir tomonda boʻlishi, ularning balandligi
uzunligi va kengligidan kam boʻlishi lozim. Ayrim hollarda
murakkab zagotovkani
payvandlash usuli bilan tayyorlash maqsadga muvofiqroq boʻladi.
2. Buyum jami konfiguratsiyasining texnologiyabopligi.
a) Xomaki uchun standartlashgan va unifikatsiyalashgan elementlarni
ishlatish.
Prokat
diametrini, varaq qalinligini, vallar va oʻqlar diametrlarini, oʻqlararo
masofalarni, oʻtqazish oʻlchamlarini, galtellarni, faskalarni, radiuslarni, qiyaliklarni
qoʻllash asboblar va moslamalarni unifikatsiyalash hamda yuqori unumli jihozlarni
qoʻllash – xomaki jami konfiguratsiyasini texnologiyabopligini taʼminlaydi.
b) Turdosh (tipovoy) texnologik jarayonlarni qoʻllash.
Eng kam oʻzgartirish kiritilgan guruhli va turdosh texnologik jarayonlarni qoʻllash
texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni arzonlashtiradi
va uning sifatini
kafolatlaydi. Berilgan detal elementlarini va konstruksiyasini unifikatsiyalash
hisobiga, detal konstruksiyasini bazaviy konstruksiyaga
yaqinlashuvi bilan ishlab
chiqarish tannarxi arzonlashadi va buyumning sifati yaxshilanadi.