161
Detalning barcha oltita erkinlik darajasini yoʻqotish
uchun uni oltita
qoʻzgʻalmas tayanchga bazalash zarur. Bu olti nuqta uchta oʻzaro perpendikulyar
tekislikda joylashgan boʻlishi kerak: 1,2,3, nuqtalar XOZ da; 4 va 5 YOZ da; va 6
esa XOY da.
Uchta
1,2,3 nuqtalar detalning XOZ tekisligiga nisbatan holatini ifodalaydi va
bu tekislik
oʻrnatish tekisligi deb yuritiladi. Uchta tayanch nuqta detalning Y oʻqi
boʻyicha
siljishini va X,Y oʻqlari atrofida aylanishini yoʻqotadi. Ikkita 4 va 5
nuqtalar detalning YOZ tekisligiga nisbatan holatini
ifodalaydi va bu tekislik
yoʻnaltiruvchi tekislik deb yuritiladi. Ikkita tayanch nuqta detalning X oʻqi
boʻyicha siljishini va Y oʻqi atrofida aylanishini yoʻqotadi.
Bitta 6 - nuqta detalning XOY tekisligiga nisbatan holatini belgilaydi va bu
tekislik
tayanch tekislik deb yuritiladi. Bu tayanch nuqta detalning Z oʻqi boʻyicha
siljishi mumkin boʻlgan oxirgi erkinlik darajasini yoʻqotadi.
Prizma shaklidagi detallarda quyidagi bazalar mavjud:
oʻrnatish bazasi – uchta tayanch nuqtali “
L” yuza;
yoʻnaltiruvchi baza –
ikki tayanch nuqtali “
V” yuza; tayanch baza – bitta tayanch nuqtali “
S” yuza.
Barcha uchta bazalovchi yuzalarning butligi (komplekti)
detalning bazasi
deyiladi.
Shunday qilib, “baza” tushunchasi ostida buyum yoki xomakiga tegishli boʻlib,
ularga
ishlov berishda, ularni yigʻishda yoki ularni oʻlchashda
ishlatiladigan
yuzalar, chiziqlar yoki nuqtalar birikmasi tushuniladi.
Detalni oʻrnatish aniqligi va ishonchliligini
oshirish maqsadida baza
tanlashda
oʻrnatish bazasi sifatida uchta nuqtasini bir-biridan uzoqroq joylashtirish
imkonini beradigan
eng katta oʻlchamli yuza qabul qilinadi.
Xuddi shu maqsadda yoʻnaltiruvchi baza sifatida eng uzun yuza qabul qilinadi.