• Sozlash bazasi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Sozlash bazalari. Dastgohni xomakining maʼlum bir sirtlariga nisbatan 
    sozlash uchun bu sirtlar dastgoh tirgaklariga nisbatan xomakini almashtirishda 
    oʻzgarmas holatni egallashi va ishlov beruvchi asbobning oxirgi holatiga nisbatan 
    oʻzgarmas boʻlishi kerak (6-rasm). Xomaki M sirt bilan dastgoh qisish qurilmasining 
    mos keladigan tirgagiga tayanadi va bu sirt A chetga h oʻlcham boʻyicha ishlov 
    berish uchun tayanch texnologik baza boʻlib xizmat qiladi, lekin boshqa V, S, D, 
    Ye chetki sirtlarga v, s, d, a oʻlchamlar boʻyicha ishlov berish uchun bunday tayanch 
    baza boʻlib xizmat qilolmaydi. Dastgohni sozlashda V, S, D va Ye sirtlarning holati 
    M sirtning holati boʻyicha emas, balki A sirtning holati boʻyicha sozlanadi. Bunday 
    holda A sirt koʻrib chiqilayotgan V, S, D va Ye sirtlar uchun (bir marta oʻrnatishda) 
    texnologik sozlash bazalari boʻlib xizmat qiladi. 
    6-rasm. Xomakiga revolverli dastgohda ishlov berishda A sozlash bazasidan
    foydalanish. 


    171 
    Sozlash bazasi deb, xomakining shunday sirtlariga aytiladiki, bunday sirtlar 
    bevosita oʻlchamlar bilan bogʻlangan boʻlib, bir marta oʻrnatishda hosil qilinadi va 
    ularga nisbatan moʻljallanadi. 
    Sozlovchi baza koʻp hollarda xomakining tayanch bazasi bilan oʻlchamli 
    bogʻlangan boʻladi. Xomakining aniq sirtlariga nisbatan dastgohlarni sozlaganda, bu 
    sirtlar dastgohlarda xomakilarni almashtirganda ham ishlov berayotgan asbobning 
    oxirgi holatini aniqlovchi dastgohlarning tayanch nuqtalariga nisbatan oʻz holatini 
    oʻzgartirmaydi. Bunday sirtlarga xomaki- larning tayanch sirtlari kiradi va tayanch 
    texnologik baza sifatida katta seriyali ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. 
    Misol. Detalga qoʻyilgan texnik talablarni hisobga olgan holda texnologik 
    bazani tanlash. 
    Korpusni tayyorlash texnologik jarayonida D-diametrli tuynuk ichini 
    yoʻnish operatsiyasi nazarda tutilgan. Tuynukni tayyorlashda tegishli oʻlcham va 
    ushbu tuynukni detalning boshqa yuzalariga nisbatan toʻgʻri joylashuviga qoʻyilgan
    talab bajarilishi zarur. 
    Yoʻnish operatsiyasi uchun texnologik bazani tanlash va bazalash sxemasini 
    ishlab chiqish talab etiladi. 
    Yechish. 1. Detal uchun konstruktorlik bazalardan biri bu A-taglik tekisligi.
    Ushbu tekislikni texnologik oʻrnatish bazasi sifatida tanlaymiz va uni bazalash
    uchun uchta 1,2,3 tayanch nuqtani tanlaymiz. Texnologik yoʻnaltiruvchi baza 
    sifatida ikki tayanch 4 va 5 nuqtaga ega boʻlgan B-tekislikni qabul qilamiz. 
    Ushbu baza tuynukka B-yuzaga perpendikulyar yoʻnalishda ishlov berish
    imkonini beradi. Tuynukni tashqi konturga nisbatan simmetrik joylashtirish uchun 
    texnologik baza sifatida V-yuzadan foydalanish mumkin, lekin konstruktiv
    jihatdan yarim silindrning G-yuzasini ishlatish mumkin va bu maqsadda 
    qoʻzgʻaluvchan prizmali moslamadan foydalanish lozim. 
    2. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, uchta A, B va G - tekislikli bazani
    qoʻllaymiz.(Yuqoridagi oʻngdagi sxema – bazalash sxemasi). 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish