167
tutashadigan hamda tutash yuzalar bilan yigʻilgan mashinada birgalikda funksiyani
bajaruvchi detallar yuzasiga aytiladi. Masalan, tishli gʻildirakni markaziy tuynugi.
Yordamchi oʻrnatish bazasi deb faqatgina detalga
ishlov berish jarayonida
oʻrnatish yuzasi boʻlib xizmat qiladigan va uni boshqa yuzalar bilan birgalikda
yigʻilgan mashinada ish bajarmaydigan yuzasiga aytiladi. Bunday yuzalar sunʼiy
oʻrnatish bazasi xam deb yuritiladi. Mexanik ishlov berishda oʻz
vazifasini
bajargandan soʻng bu yuzalar qirqib yuboriladi.
Oʻlchov bazasi deb detalning
boshqa yuzasini joylashishini ifodalovchi oʻlcham uchun oʻlchovboshi boʻlib
xizmat qiluvchi yuzaga aytiladi.
Yigʻish bazasi deb - detalning yigʻilgan mashinada boshqa detallarga
nisbatan holatini belgilovchi yuzasiga (yuzalar,
chiziqlar, nuqtalar yigʻindisiga)
aytiladi.
Bazalar va ularning koʻrinishlariga misollar.
a - shesternyalarning asosiy bazalari I, II, III; b –
shponkali valning yordamchi
bazalari I, II, III, 1-qoʻshiladigan detal; v – detalning oʻlchov bazasi A; g – juft
yoʻnaltiruvchi baza I; d – juft tayanch baza I; 1- detal: ye – oʻrnatish aniq (ayon)
baza I, yoʻnaltiruvchi koʻrinmas baza II, zagotovkaning tayanch koʻrinmas bazasi
III, 1…6 –
tayanch nuqtalar, 7 – zagotovka, 8 – oʻzi
markazlovchi iskanja
qisqichlari.
168
Konstruktiv (tuzilishni ifodalovchi)
baza deb konstruksiyani (tuzilmani)
ishlab chiqishda boshqa detallar oʻlchamlarini va holatlarini belgilovchi yuzasiga
(yuzalar, chiziqlar, nuqtalar yigʻindisi) aytiladi.