169
1-misol. a) rasmdagi 1-xomakining boʻrttirib koʻrsatilgan yuzalarini
frezalashda
a va
b oʻlchamlarni olish uchun oʻrnatish
bazalari quyidagilar
hisoblanadi:
3-moslamani
oʻrnatish elementlari bilan aniqlanuvchi
A-tekislikka nisbatan
2-frezani oʻrnatishda bevosita olinadigan
a boshlangʻich oʻlcham uchun A-yuza;
2-frezani 4-tirakka nisbatan oʻrnatishda
b boshlangʻich oʻlcham uchun V-
yuza.Ushbu
b-oʻlcham quyidagicha aniqlanadi:
b = s - (
d
F
/2), bu yerda s – 4-tirakdan
2-freza oʻqigacha boʻlgan masofa;
d
F
– freza diametri.
2-misol. b) rasmdagi 5-uch kulachokli patronga oʻrnatilgan 1-xomakini
patronning A-yuzasigacha tirab yoʻnishda, 6-tirgakni
patronning A-tirak
yuzasidan f = a+m masofaga mahkamlash yoʻli bilan dastgohni sozlashda
a
boshlangʻich oʻlcham taʼminlanadi.
3-misol. v) rasmda koʻp asbobli tokarlik dastgohida ishlov berishda 1-xomaki
M-yuzasi bilan uch kulachokli patronning chetiga taqaladi. M-yuza
N-yuzaga va
f boshlangʻich oʻlchamga nisbatan bir vaqtning oʻzida ham oʻrnatish (tayanch)
ham boshlangʻich baza hisoblanadi. Xomakiga ishlov berish kelgusida davom
ettirilsa,
N-yuza boshqa A, V, S va D yuzalar bilan a,b, c, d oʻlchamlar
orqali
bogʻliq boʻladi. Detaldagi sanab oʻtilgan ushbu yuzalarning vaziyati N-yuzaga
bogʻliq va N-yuza ular uchun texnologik (boshlangʻich) baza hisoblanadi.
Bazalar koʻrinishi boʻyicha quyidagi bazalar boʻladi:
Koʻrinmas –
(berkitilgan) baza – bunda zagotovka bazasi koʻzda tutilgan yuza, oʻq
yoki nuqta
koʻrinishida boʻladi.
Aniq (ayon) baza – bunda xomakini baza real tekislikda
belgilangan nuqta yoki belgilar kesishgan nuqtasi koʻrinishida boʻladi.