|
-mavzu. Kirish. Mashinasozlikning oʻrni va ahamiyatiBog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2
1-mavzu. Kirish. Mashinasozlikning oʻrni va ahamiyati.
Zamonaviy xalq xoʻjaligini rivojlantirishda mashinasozlikning oʻrni va
ahamiyati va ishlab chiqaruvchi mashinalar sifati haqida. Mashinasozlik
texnologiyasini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston hukumatining qarorlari.
Har qanday jamiyatda odamlarning turli xil ehtiyojlarini qondirish uchun
mehnat qurollarini ishlab chiqarish zarurati mavjud. Masalan, odamlarni oziq-ovqat
mahsulotlari va kiyim-kechak bilan taʼminlash uchun paxta, kanop kabi ekinlarni
yetishtirish, ipak pillasini chuvish, ip yigirish va gazlama toʻqish, gazlamani bichish
va kiyim tikish kabi ishlarni bajarish uchun dastgohlarni ishlab chiqarish zarur.
Insoniyat tarixida yuqorida sanab oʻtilgan dastgohlar va mashina-
mexanizmlarni yaratish uchun asta-sekin mashinasozlik tarmogʻi va mashinasozlik
texnologiyasi paydo boʻldi.
Mashinasozlik tarixi juda qadimga borib taqaladi. Arximed daryodan suv
chiqarish gʻoyasi (q. Arximed vinti), Leonardo da Vinchi tuzgan nazariy loyiha
(samolyotning nazariy jihatdan qushga qiyos qilinishi), Ahmad al-Fargʻoniyning
ilmiy-texnik jihatdan mukammal suv sathini oʻlchash inshooti, Beruniyning
gidrotexnikaga doir nazariy gʻoyalari mashinasozlik fani kurtaklari hisoblanadi.
Vaqt oʻtishi bilan mashinasozlik fani borgan sari rivojlanib, hozirgi darajaga yetgan.
Mashinasozlik texnologiyasi – mashina va mexanizmlarni yaratish
jarayonida oʻzaro bogʻlanishlar va qonuniyatlarni oʻrganuvchi texnik fan sohasi
hisoblanadi.
Texnologiya soʻzining lugʻaviy maʼnosiga toʻxtaladigan boʻlsak, u ikkita
grekcha “techne” – mahorat va “logos” – fan soʻzlaridan kelib chiqib, mahorat, turli
hil mahsulotlarni ishlab chiqarish usullari haqidagi fan degan maʼnoni tushunish
mumkin. Mashinasozlik texnologiyasi – mashina detallarini ishlab chiqarish, ularni
birikmalarga va tayyor holdagi mashinalarga yigʻish usullari haqidagi fandir.
|
| |