Mashinasozlik texnologiyasi fani oʻz rivojlanishida bir nechta




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Mashinasozlik texnologiyasi fani oʻz rivojlanishida bir nechta 
bosqichlardan oʻtgan. 
1.Birinchi bosqichda oʻtgan davrlarda mehnat qurollarini tosh yordamida 
ishqalab oʻtkirlashgan, undan keyin toshni aylantirib qurollarni charxlash jarayoni 
yuzaga kelgan. Shundan soʻng ot bilan yuritiladigan, lekin ishlov beruvchi asbobni 
qoʻl bilan tutib turiladigan tokarlik stanogi yaratildi. X asrda rus ustalari oʻq otar 
qurollar tayyorlash texnikasiga ega boʻlganlar. XII asrda rus qurolsozlari qoʻlda 
xarakatlantiriladigan parmalash va tokarlik moslamalarini ishlatganlar. XIV-XVI 
asrda qurollar tayyorlashda tokarlik va parmalash stanoklaridan unumli 
foydalanilgan. Bularni xarakatlantirish uchun suv energiyasidan foydalanilgan. XVI 
asrda Tula shahrida metallarga ishlov beradigan sanoat rivojlangan. Bu davrda 
(1718-1725-yil) rus mexanigi va ixtirochisi A.K.Nartov tokarlik stanogi uchun 
mexanik support yaratdi. Shu bilan birga original konstruksiyadagi vintqirqar, 
tishqirqar, arralovchi stanoklarni yaratdi. Rus mexanigi M.V.Sidorov 1714-yilda 
Tula qurol zavodida suv bilan xarakatlantiriladigan parmalash stanogini yaratdi. Bu 
parma bilan miltiq stvollarini parmalash yoʻlga qoʻyilgan. Shu oraliqda Ya.Batishev 
birdaniga 24 stvolni parmalaydigan va suv bilan xarakatlanadigan dastgoh yaratdi. 
Rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765-yillar) old tomondan ishlov beruvchi 
(lobovoy) tokarlik stanogini, sferatokarlik stanogini, hamda silliqlash stanogini 
yaratdi. Bugʻ mashinasi ixtirochisi I.I. Polzunov (1728-1764-yillar) bugʻ qozonning 
detallariga ishlov berish uchun silindrni yoʻnish stanogini yaratdi. Rus mexanigi 
I.P.Kulibin (1735-1818-yillar) soat mexanizmlarining tishli gʻildiraklarini 
tayyorlash uchun maxsus stanok yaratdi. Ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalashtirishda ilk qadamni I.I.Polzunov qoʻydi. Ota-bola Cherepanovlar 
rudali konlarning temir yoʻllarida ishlatiladigan bugʻ bilan ishlaydigan birinchi 
parovozni yasashdi.
Mashina va mexanizmlarni oʻrganish bilan qadimdan shugʻullanib kelishgan. 
Macalan, richag, pona, blok kabi mashina detallari Aristotel nomi bilan bogʻliq. 



Arximed (q. Arximed vinti), Geron asarlarida ham ular haqida maʼlumotlar 
uchraydi.
Oʻzbekistonda ham mashinasozlik sohasi asta – sekin rivojlangan, lekin
yaratilgan uskunalar jahonga eʼlon qilinmagan.
Buyuk tabobatchi va qomusshunos olim Abu Ali ibn Sinoning “Aql mezoni” 
asarida richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tashkil topgan mexanik tizimlarning 
ishlash tamoyili batafsil bayon etilgan, Abu Rayhon Beruniy, Axmad al-Fargʻoniy 
asarlarida ham turli xil mexanizmlarga oid maʼlumotlar bor. 
Yana bir misol: Ulugbek rasadxonasidagi teleskopni, uning yoysimon 
tekislikda xarakatlantirish mexanizmini, oʻsha davrning yogʻochdan tayyorlangan 
transport vositasi hisoblangan Qoʻqon aravasini, pichoqsozlik va qilichsozlikni, 
sholi, bugʻdoyga va paxta chigitiga ishlov beruvchi suv bilan harakatga keltirilgan 
objuvoz, moyjuvoz, tegirmon qurilmalarni misol qilib keltirish mumkin. Qoʻqon 
va Buxoro xonliklarida bronzadan zambaraklar quyilgan, 18 asr oxirida Xorazm 
xonligiga birinchi dizel dvigatelli elektr generatori keltirilib, xon saroyi elektr 
chiroqlari bilan yoritilgan. 1920-yilda Toshkentda parovoz taʼmirlash zavodida 
(hozirgi “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” korxonasi) muhandis Lomonosov tomonidan 
parovozlarni loyihalash meʼyorlari mukammal darajaga yetkazilgan. 
Ikkinchi bosqich 1930 - 1941 yillargacha boʻlgan davrda texnologik 
jarayonlarni turkumlashtirish tamoyillari ishlab chiqilib va amaliyotga tatbiq etila 
boshlandi. Shu bilan birga zagotovkalarga ishlov berishda bazalash nazariyasi, 
oʻlcham zanjirlari, qoʻshim qatlamlarini hisoblash, texnologik tizimning bikrligini, 
uning xatoliklarini aniqlash usullari va boshqa muammolar yechila boshlandi. 
Uchinchi bosqich 1941 -1970 yillar ichida mashinasozlik tez surʼatlarda 
rivojlanib bordi. Ikkinchi jahon urushi davrida minomyot, tank, oʻziyurar toʻplar, 
reaktiv artilleriya, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar va suv osti kemalari
kabi harbiy texnikalarni seriyali va ommaviy koʻlamda oqimli konveyerda ishlab 
chiqarish, operatsiyalarni differensiallash va konsentratsiyalash tamoyillarini amaliy 
jihatdan sinab koʻrish, metallarga ishlov berish tezligini oshirish, qayta sozlanadigan 
texnologik jarayonlarni va moslamalarni va boshqa bir qator texnikaviy 
yangiliklarni qoʻllash uchun chuqur ilmiy tahlil va nazariy tadqiqotlar amalga 
oshirildi. 
Bu yillarda zagotovkaga ishlov berishdagi xatoliklarni zamonaviy usulda 
hisoblash va aniqlash (matematik statistika va ehtimollar nazariyasi asosida), 
texnologik tizimning bikrligi va uning aniqlikka hamda unumdorlikka taʼsiri
chuqur oʻrganildi. 
Toʻrtinchi bosqich 1970 yildan hozirgi vaqtgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga 
oladi. Bu davrda texnologik jarayonlarni loyihalashda EHM dan keng miqyosda 
foydalanish va mexanik ishlov berish jarayonlarida matematik modellashtirish 
qoʻllanila boshlandi. 
Yangi texnika va sanoat ishlab chiqarishining takomillashib borayotganligi
sababli mashinasozlik texnologiyasi fani ham uzluksiz ravishda rivojlandi va 
uning mazmuni ilmiy-texnikaviy yangiliklar bilan boyitilib bordi. 



Mashinasozlik sohasining taraqqiyotiga yetakchi olimlar, jumladan, t.f.d., 
akademiklar M.T. Oʻrozboyev, A.N. Glushchenko, professorlar J.Ye. Aliqulov, L.V. 
Peregudov, R.G. Mahkamov va A. Mirzayevlar munosib hissa qoʻshib kelishgan. 
Shuningdek, mashinasozlik taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq ravishda 
“Mashinashunoslik” hamda “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”, “Mashina 
detallari” fanlari ham rivojlangan. Oʻzbekistonda yuqoridagi fanlarning
taraqqiyoti X. A. Raxmatullin, M. T. Oʻrozboyev, V. Q. Qobulov, H. H. 
Oʻsmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A.D. Moshkov, M.R. Mavlyaviyev, A.U. 
Usmonov, R. Mahkamov, F. Shokirov, A. Joʻrayev, R. Karimov, Z.X. Izzatov, Sh.P. 
Aliqulov, I. Sulaymonov, Oʻ. Ikromov, S. Musayev, A. Qoplonov, B. Davitboyev, 
S. Yoʻldoshbekov va boshqa olimlarning nomlari bilan bogʻliq. 
Oʻzbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr 
boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati asosan 14 ta 
ta’mirlash kichik ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, temir yoʻl, paxta 
tozalash va yogʻ zavodlarining jihozlarini taʼmirlash ishlari bajarilgan. Oʻsha 
davrlarda yalpi sanoat mahsulotining umumiy hajmida ogʻir sanoat va metallga 
ishlov berish tarmogʻining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-y.lardan qishloq 
xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zarurati tufayli mavjud taʼmirlash 
korxonalari kengaytirilgan, yangilari qurila boshlangan. 1927-y. noyabrda 
Toshkentda “Boshpaxtasanoat” uyushmasiga qarashli mexanika zavodi ishga 
tushirilgan. 1931-y.da bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbob-
uskunalar ishlab chiqarish va qishloq xoʻjalik texnikasi taʼmiri bilan 
shugʻullanadigan “Qishloqmash” (hozirgi “Toshkent qishloq xoʻjaligi 
mashinasozligi zavodi” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgan. Zavodda chigit 
seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan. 
1941—45 y.lardagi ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekistonga koʻchirib 
keltirilgan 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi 
oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari 
uchun qurol-yarogʻ, oʻq-dori va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945-y.dan 
keyin paxtachilik va irrigatsiya hamda qurilish mashinalari ishlab chiqarilishi 
tiklandi, toʻqimachilik, kimyo va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi 
jihozlar ishlab chiqarish boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, koʻprik 
elektr kranlari, ip yigirish va gazlama toʻqish mashinalarini ishlab chiqarish 
oʻzlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi rivojlandi. 

Download 8,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlik texnologiyasi fani oʻz rivojlanishida bir nechta

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish