4
Mashinasozlik texnologiyasi fani quyidagi fanlar bilan uzviy bogʻlangan: -
Materiallarni kesish, stanok va
asboblar;
- Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish asoslari;
- Avtomobillarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish;
- Mashina
detallari;
- Metallar texnologiyasi;
- Elektrotexnika, va h.k.
Mashinasozlik fan va texnika taraqqiyoti asosini tashkil qiladigan fanlardan
biri. Asosiy boʻlimlari:
materialshunoslik, mashina va mexanizmlar nazariyasi,
mashinalar dinamikasi va mustahkamligi (mashina
qismlarining dinamikasi va
mustahkamligi va qismlarning yuklanishni koʻtarish xususiyatlarini oʻrganadi,
(Mashina detallari, Materiallar qarshiligi), ishqalanish
va yeyilish nazariyasi
(mashina qismlarining oʻzaro taʼsirlashuvi va shaklini oʻzgartirishi, foydali ish
koeffitsiyentini oshirish va xizmat muddatini
uzaytirish masalalari bilan
shugʻullanadi), mashinalarni avtomatik boshqarish nazariyasi.