Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Avtomobilsozlik. 1990-y.larga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati 
yoʻq edi. Oʻzbekistondagi bir necha avtomobil taʼmirlash zavodlari (Toshkent 
avtotaʼmirlash zavodi 1939-y.da ishga tushirilgan), yengil avtomashinalarga xizmat 
koʻrsatadigan “Oʻzavtotexxizmat”, “OʻzavtoVAZxizmat” ishlab chiqarish 
birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmat
koʻrsatib kelgan.
20-asrning 90-y.lari boshida quvvati 30 ot kuchi boʻlgan TTZ - 30 traktori va 
unga moslangan qishloq xoʻjaligi mashinalari va uskunalari majmui yaratildi. 



Traktorsozlikning yirik korxonalari — “Toshkent traktor zavodi” davlat-
aksiyadorlik jamiyatida va “OʻzKeystraktor” qoʻshma korxonasida TTZ-30, MT-30, 
TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 (“Keys”), SXR-100 va boshqa paxtachilik, 
universal traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar, 
shtampovkalar ishlab chiqarilgan. Hozirgi davrda korxonada yangi, gorizontal 
shpindelli XMG-04 va XMG-12 oʻrnatiluvchi paxta terish mashinalari
“OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasida “2022 Kotton Ekspress” ikki qatorli
gorizontal shpindelli oʻziyurar paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi. 
“OʻrtaOsiyoqishloqmash” birlashmasiga qarashli korxonalarda bogʻdorchilik, 
uzumchilik va polizchilikda foydalaniladigan mashina va moslamalar, osma traktor 
oʻroq mashinalari, traktor xaskashlari, sholi oʻrish mashinalari, gʻoʻzapoya
yulgʻichlar ishlab chiqariladi. 
1994-y.da tashkil etilgan Oʻzbekiston mashinasozligi sanoati uyushmasi 
(“Oʻzmashsanoat”), qishloq xoʻjaligi mashinalari va traktorsozlik korxonalari 
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va unga 
texnika xizmati koʻrsatish korxonalari Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari 
uyushmasi (“Oʻzavtosanoat”), elektrotexnika, radiotexnika sanoati korxonalari 
Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi 
(“Oʻzeltexsanoat”) tarkibiga kiradi. 1994-yilda Asakada “Oʻzdeuavto” yengil 
avtomashinalarini qurish korxonasi ishga tushirildi.2010-yilda motorsozlik zavodi 
ishga tushirildi. Samarqandda “Oʻzotayoʻl”, MAN avtomashinalarini ishlab 
chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 

Download 8,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish