17
Standart boʻyicha mahsulotlarning quyidagi turlari mavjud:
Detal - bir jinsli va bir markali materialdan yigʻish operatsiyalarisiz
tayyorlangan mahsulot. Yigʻish jarayonida ishtirok
etadigan har bir detalning
tutashadigan va tutashmaydigan sirtlari mavjud boʻladi. Agar detalning tutashadigan
sirtlaridan biri boshqa detal sirti bilan tutashib, oldingi detalga yoʻnalish bersa, bu
sirt asosiy baza deyiladi, lekin keyingi qoʻshilayotgan detalga yoʻnalish beradigan
sirt esa yordamchi baza deyiladi.
Bazaviy detallar deb yigʻma birlikdagi boshqa
detallarning tegishli
ravishda nisbiy holatini belgilovchi, bogʻlovchi zveno
funksiyasini bajaruvchi
bazaviy sirtlarga ega boʻlgan detallarga aytiladi.
Yigʻma birlik (uzel) - bu alohida yigʻilib va keyinchalik yigʻish jarayonida
yaxlit holda ishtirok etuvchi mahsulotning bir qismidir. Mahsulotni umumiy yigʻish
jarayonida bevosita ishtirok etuvchi uzellarga birinchi tartibli yigʻma birliklar deb
ataladi. Birinchi tartibli yigʻma birlik tarkibiga kiradigan yigʻma birlik ikkinchi
tartibli yigʻma birlik deyiladi va h.k.