• Texnologik jarayon (TJ)
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Ishlab chiqarish jarayoni – bu korxonada mahsulotni tayyorlash yoki 
    ta'mirlash uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar harakatlarining 
    yig‘indisidir.
    Ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga detallarga mexanik ishlov berish va yig‘ish, 
    saqlash va tayyorlash jarayonidagi barcha harakatlar, detallarni tashish, ular sifatini 


    19 
    nazorat qilish, ish joyi va uchastkaning ta'minotini va xizmat vazifasini tashkil etish, 
    ishlab chiqarishning barcha bo‘limlarini boshqarish hamda ishlab chiqarishni har 
    tomonlama texnik jihatdan tayyorlash ishlari kiradi.
    Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarda bajariladi:
    1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg‘alash, shtamplash yoki prokatdan 
    tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish, payvandlash;
    2) detallarni yakuniy shakl va o‘lchamlarga keltirish uchun metall kesish 
    dastgohlarida mexanik ishlov berish;
    3) yig‘ma birikmalar, uzellar, agregatlar yoki mexanizmlarni oraliq yig‘ish;
    4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish;
    5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
    6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ularni saqlash. 
    Texnologik jarayon (TJ) - ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi 
    bo‘lib, ishlab chiqarish predmeti (zagotovka) o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, shakli 
    va ichki xossalarini ketma-ket o‘zgartirib borishni va ularni nazorat qilishni o‘z 
    ichiga oladi.
    Texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
    - TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni tahlil qilish;
    - guruhli yoki tipaviy TJ larni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o‘xshashini 
    qidirish;
    - boshlang‘ich zagotovka va uni tayyorlash usullarini tanlash;
    - texnologik bazalarni tanlash;
    - ishlov berishning texnologik marshrutini ishlab chiqish;
    - texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish;
    - o‘tishlarning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish;
    - operatsiyalarning texnologik jihozlash vositalarini (TJV) tanlash;
    - TJV ning kerakli soni va turini aniqlash;
    - yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash 
    va nazorat qilish; 
    - mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining 
    elementlarini va sex ichida transport vositalarini tanlash;
    - ishlov berish rejimlarini ishlab chiqish va hisoblash;
    - texnologik jarayonni texnik me'yorlash; - texnika xavfsizligi talablarini 
    belgilash;
    - texnologik jarayonni iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
    - TJ ni hujjatlashtirish.

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish