2 Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar




Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana01.11.2023
Hajmi1.23 Mb.
#92756
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi (4-kurs) (1)
Konstitutsiya, Uzliksiz ta’lim konsepsiyasi, Temp ritmik buzilishi Bo`lgan bolalar tafakkurining psixologo-pedagogik tekshirish usullari, Asliddin - [MTA 1-amaliy ish], Abraqulova N 6 amaliy ish, BILOLIDDINOV ULUGBEK POST TEOREMASI, KIMYOVIY KINETIKA, kursovaya, MUSTAQIL IH, LABARATORIYA №1, Hasanov O\'tkir, MUSTAQIL IH, RjBW4IOqqd-8PnczdjjKaw, 1-Tajriba ishi. Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar



 
 
 



Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 
Mustaqil ta’lim o’quv jarayonining muhim ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, u talabalarda 
mustaqil bilim olish, mavzuni erkin tahlil qilish, tegishli masala bo’yicha o'z fikriga ega bo’lish, 
ilmiy tadqiq etish, erkin fikrlash, muammoli masalalar yuzasida xulosa va takliflar ishlab chiqa 
olish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga oid zarur bilim va ko’nikmalar shakllanishida katta 
ahamiyatga ega. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun 
belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Talabaning mustaqil ishi aniq bir fandan 
o‘quv rejasida va fan dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini 
talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan 
tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
Mustaqil ta’lim olishdan ko‘zlangan maqad talabalar bo’lajak mutaxassislik profili bo’yicha 
tadqiqiy faoliyat, ijodkorlik, mustaqillik, tashkilotchilik, mas’uliyatlilik ko’nikmalarini 
shakllantirish orqali fundamental bilim, professional malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishga 
erishishdir. 
Oliy ta’lim muassasalarining o’quv jarayonida mustaqil ta’limning ikki turi mavjud: 
auditoriya darslaridagi va auditoriya darslaridan tashqaridagi mustaqil ta’lim. 
Auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim talaba tomonidan o’qituvchining topshirig‘iga binoan 
uning bevosita ko’magisiz auditoriya darslaridan xoli paytda amalga oshiriladigan ta’lim. Odatda 
u asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- Ma’ruza konspektlar mazmunini o’zlashtirish va uni lektor tavsiya etgan o’quv manbalar 
negizida shakllantirish (axborot ta’lim resurslari, elektron adabiyotlar). 
- Referat, konspekt yozish;
- Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni chuqur tadqiq etish 
- Keys tuzish 
- Esse yozish 
- SWOT –taxlil kilish 
- Umumlashtiruvchi jadvallar tuzish: Toifalash va Konseptual jadvali 
- Klaster 
- Taqdimot 
-Test tuzish va boshqalar.
Ushbu uslubiy kursatmada talaba mustakil ishlashi uchun topshiriklar keltirilgan, ularga sharx 
berilgan va olib borish koidalari keltirilgan. Xar bir topshirikga misol keltirilgan. 
«Uzbekistonning eng yangi tarixi fanidan» talaba keltirilgan mavzulardan xar bir kismidan 
bittasini tanlaydi va kursatilgan topshiriklarni bajaradi. 
Mustaqil ish uch qismdan iborat. Har bir qism mavzular va ularni bajarish uchun vazifalarni o'z 
ichiga oladi. 
Har bir o'qituvchi topshiriq turini tanlaydi va talabaga taklif qiladi 

Download 1.23 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish