|
Agregatlardan yigʻilgan mahsulot agregatli yoki modulliBog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Agregatlardan yigʻilgan mahsulot agregatli yoki modulli deyiladi. Agregatli
(modulli) tamoyil asosida loyihalangan va tayyorlangan mahsulotlar, albatta, yuqori
darajadagi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga ega boʻladi. Agregatli (modulli)
mahsulotlar ekspluatatsiya va taʼmirlash vaqtida qulaylikka ham ega, yigʻish
muddati bularda ancha qisqa boʻladi.
Mashinalarning sifatini aniqlaydigan umumiy koʻrsatkichlar mavjud.
Shular qatoriga mashinaning ishlash qobiliyati va mahsulotning belgilangan xizmat
vazifasining berilgan parametrlarini texnik meʼyoriy hujjatlar chegarasida saqlagan
holda ishlay olish imkoniyatlari kiradi. Shu bilan birga zamonaviy mashinaning
asosiy tavsiflaridan biri uning puxtaligi hisoblanadi. Puxtalik deb mahsulotning
vaqt davomida oʻz ish qobiliyatini saqlash xususiyatiga aytiladi. Buzilish deb
mahsulotning ish qobiliyatini birdan yoʻqotishiga aytiladi. Mahsulotning buzilishiga
qadar vaqt (soat hisobida) mahsulotning ishlash muddati boʻlib, u tasodifiy
miqdordir.
Mahsulotning xizmat muddati mahsulotning chegaralangan reglament
holatiga yetishi (chetki yeyilish) orqali aniqlanadi va uni resurs deyiladi. Resurs
mahsulotning ruxsat etilgan xizmat muddati boʻlib, uni soat boʻyicha aniqlanadi.
Resurs tasodifiy emas, aksincha, mahsulotning ruxsat etilgan ish muddati boʻlib,
uning chidamliligini aniqlaydi.
Mahsulotning puxtaligi umumiy xossaga ega boʻlib, buzilmasdan ishlash va
chidamlilik tushunchalarini oʻz ichiga oladi.
Chidamlilik deb mahsulotning ishlashi mumkin boʻlgan chegarali holatiga
yetishigacha oʻz ish qobiliyatini saqlay olish xususiyatiga aytiladi. Bunda
mahsulotni ekspluatatsiya qilish davrida belgilangan texnik xizmat va taʼmirlash
tizimi asosida uning ish qobiliyati saqlab turiladi. Mashinaning sifatini
ekspluatatsiya koʻrsatkichlaridan tashqari taʼmirlashda, tayyorlashda va
ekspluatatsiya davridagi tejamlilik, iqtisodiy va texnologiyaviylik koʻrsatkichlar
tizimi aniqlaydi. Bulardan biri ish hajmidir, yaʼni normal intensivlikda mehnat qilib
mahsulotni tayyorlash vaqtini soat boʻyicha aniqlanishiga aytiladi. Mahsulotning
barcha detallarini tayyorlash uchun dastgohlarning yoki boshqa jihozlarning band
boʻlish davomiyligini dastgohlarning ishlash vaqti xarakterlaydi (aniqlaydi).
Mahsulotni taʼmirlash yoki tayyorlash jarayonini boshidan oxirigacha ketgan vaqt
intervaliga ishlab chiqarish tsikli deb aytiladi. Zamonaviy mashinalar yoki
uskunalarni tayyorlash va barcha ishlab chiqarish jarayonini aniq tashkil qilish
uchun ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash (ICHTJT) talab qilinadi.
|
| |