• Texnologik jarayon
  • Mashinasozlik texnologiyasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Mashinasozlik texnologiyasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
    quyidagilar: 


    25 
     
    - Yangi detallar, uzellar va agregatlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan 
    va moddiy, energetik, mehnat va moliyaviy sarf-xarajatlarni tejaydigan 
    butunlay yangi texnologik jarayonlarni yaratish (ishlab chiqish); 
    - Yuqori unumdorlikka ega texnologik jihozlarning yangi turlarini 
    yaratish va oʻzlashtirish hisobiga ishlab chiqarishni kompleks 
    mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; 
    - Dasturli-maqsadli 
    asosda 
    texnologik 
    jarayonlarni 
    boshqarish 
    tizimlarini takomillashtirish. 
    Mashinasozlik texnologiyasi rivojlanishining yakuniy maqsadi – buyumlar 
    yasashni, insonning ishtirokisiz, avtomatik ravishda, oʻz-oʻzini sozlaydigan
    texnologik jarayonlarni yaratish hisoblanadi. 
    4- mavzu. Ishlab chiqarishning tashkiliy turlari va shakllari. 
     
    Ishlab chiqarish strukturasi, turlari, ishlarni tashkil etish shakllari. Ishlab
    chiqarish va texnologik jarayonlar.
    Ishlab chiqarish jarayoni xomashyodan yoki yarim tayyor mahsulotdan tayyor 
    mahsulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yigʻindisidan iborat. 
    Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik 
    ishlov berish va ularni yigʻish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: 
    detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash 
    kabi jarayonlar xam kiradi. 
    Texnologik jarayon material yoki xomashyodan tayyor mahsulot olish 
    maqsadida ularning shaklini, oʻlchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik 
    talablar asosida ketma-ket oʻzgartirishdan iborat. 
    Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir 
    qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
    1) xomashyo tayyorlash – quyish, bolgʻalash, shtamplash yoki prokatdan 
    tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish;
    2) mashina detallarini yakuniy shakl va oʻlchamlarga keltirish uchun metall
    kesish dastgohlarida ishlov berish;
    3) yigʻma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish;
    4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yigʻish;
    5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash
    6) mashina yoki maxsulotni boʻyash va ularni konservatsiya qilish.
    Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha amallarida 
    texnik nazorat oʻtkaziladi. Texnik nazorat oʻtkazishdan maqsad maxsulotni talab 
    qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov 


    26 
    berish texnologik jarayoni kam material va mehnat resurslarini sarflagan xolda talab 
    etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan boʻlishi kerak. 
    Texnologik jarayonlar GOST 3.1109-82 asosida loyihali, ishchi, donaviy, 
    namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qoʻllaniluvchi), 
    marshrutli, amal uchun va marshrutli-amalli boʻlishi mumkin. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik texnologiyasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish