|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiBog'liq Mash texdan maruzalar TURSUNOV2Tayyorlash stadiyasi detallarning xomakisini ishlab chiqarish uchun
moʻljallangan. Ushbu bosqich turli xil ishlab chiqarish uslublari bilan
xarakterlanadi. Masalan, varaqli materialdan detal xomakisini kesib olish, bichish,
xomakilarni quyish, shtampovkalash va bolgʻalash usuli bilan yasash va
hokazo.Ushbu bosqichdagi texnologik jarayonlarning rivojlanishi xomakilarni
tayyor detallar oʻlchamiga va shakliga yaqinlashtirish hisoblanadi. Ushbu
stadiyadagi mehnat qurollariga qirqish dastgohlari, presslash-shtampovkalash
jihozlari, gilyotina qaychilari (jodilar) hisoblanadi.
Ishlov berish stadiyasi ishlab chiqarish jarayonidagi ikkinchi bosqich boʻlib,
xomakiga mexanik va termik (issiqlik) ishlov berishdan iborat. Bu yerda mehnat
predmeti boʻlib detallarning xomakilari hisoblanadi. Ushbu bosqichdagi mehnat
qurollari boʻlib, har xil metall qirqish dastgohlari, qizdirish pechlari, kimyoviy
ishlov berish apparatlari hisoblanadi. Ushbu bosqichda detallarga tayinlangan
aniqlik sinfidagi oʻlchamlar beriladi.
Yigʻuv (yigʻuv-montaj) stadiyasi – ushbu ishlab chiqarish jarayoni
natijasida yigʻuv birliklari (mayda yigʻuv birliklari, uzelosti qismlar, uzellar va
bloklar) hosil boʻladi. Ushbu bosqichda korxonaning oʻzida yaratilgan detallar va
uzellar va boshqa korxonadan keltirilgan butlovchi qismlar mehnat predmeti boʻlib
hisoblanadilar.
Yigʻuvning ikki asosiy tashkiliy shakllari mavjud: statsionar va
qoʻzgʻaluvchan. Statsionar usulda yigʻish- bunda buyum bir ish joyida yigʻiladi
(detallar ish joyiga uzatiladi). Qoʻzgʻaluvchan yigʻuvda tayyor mahsulot buyumni
bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga siljitish jarayonida yigʻiladi. Ushbu stadiyada
asosiy mehnat qurollari boʻlib har xil verstaklar, stendlar, konduktorlar, tashuvchi
va yoʻnaltiruvchi qurilmalar (konveyerlar, elektrokaralar, robotlar, manipulyatorlar)
hisoblanadi.
|
| |