29
Texnologik operatsiya – bitta ish joyida bajariladigan texnologik
jarayonning tugallangan qismi hisoblanadi.
Ish joyi - GOST 14.004-83ga muvofiq korxona
tuzilmasining elementar
birligi boʻlib, u joyda ish bajaruvchilar (ishchilar), xizmat koʻrsatiladigan
texnologik jihoz, konveyerning bir qismi, hamda
cheklangan sonli mehnat
buyumlari va jihozlari vaqtincha joylashgan boʻladi.
Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni hisobga
olish va rejalashning
asosiy birligi boʻlib hisoblanadi. Operatsiya asosida mahsulot tayyorlashning ish
hajmi, vaqt meʼyori va uni belgilash,
talab qilinadigan ishchilar, jihozlar,
moslamalar va asbob-uskunalar soni va ishlov berishning tannarxi aniqlanadi, shu
bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi hamda sifatni nazorat qilish va ishni
bajarish muddatini ishlab chiqiladi. Texnologik
operatsiyalardan tashqari
yordamchi operatsiyalar (transport, nazorat, tamgʻalash, qirindilardan tozalash va
30
boshqalar)- oʻlchamlarni, mahsulot sirti shaklini, sirtining koʻrinishini
va ishlov
berilayotgan mahsulotni xususiyatlarini oʻzgartirmaydi, lekin texnologik
operatsiyani bajarish uchun zarur hisoblanadi.
Oʻrnatish (
ustanov) texnologik operatsiyaning bir qismi boʻlib, unda ishlov
beriladigan xomakiga bir marta mahkamlangan va oʻzgarmaydigan
holda ishlov
beriladi yoki xomaki bir marta mahkamlangan holda yigʻiladi.
Valikka tokarlik dastgohida ishlov berish jarayonida valikni birinchi
oʻrnatishda uning
bir chetiga ishlov beriladi, keyin jilovli xomutni valikning
ikkinchi chetiga oʻrnatiladi va valik ikkinchi marta dastgohga oʻrnatilib, ikkinchi
chetiga ishlov beriladi. Ushbu ishlov berish operatsiyasi
valikni dastgohga ikki
marta oʻrnatishda bajariladi.
Ikkinchi oʻrnatishda ikkita kesuvchi asbob bilan uchta yuzaga bir vaqtning
oʻzida ishlov berilgan.