• Asosiy operatsiyalarni bajarish usullari.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Priyomga misollar: xomakini olish, uni moslama ichiga oʻrnatish, 
    xomakini mahkamlash (qisish), xomakiga kesuvchi asbobni yaqinlashtirish
    dastgohni ishga tushirish va hokazolar. 
    Ishlab chiqarish jarayonlarini operatsiyalarga ajratish, undan keyin 
    priyemlarga va harakatlarga ajratish - operatsiyalarni bajarish uchun talab 
    qilinadigan texnik asoslangan vaqt meʼyorlarini tuzish uchun zarur boʻladi. 
    Asosiy operatsiyalarni bajarish usullari. 
    Detallarning tashqi silindrik yuzalariga asosan bitta keskich bilan ishlov 
    beriladi. Dagʻal ishlov berishda keskichning choʻqqisini detalning markaziga 
    oʻrnatiladi, toza (yakuniy) ishlov berishda markazdan biroz pastroqqa oʻrnatiladi. 
    Keskichning keskichtutqichdan chiqishini keskich dastasi balandligining 1,0-
    1,5 baravariga teng qilib tanlanadi. Keskichni tayinlangan oʻlchamni kesishga 
    sozlashni - detaldan sinov qirindilarini qirqib olish usuli bilan amalga oshiriladi. 
    Oʻlchamlarning hisobi dastgohning limbi (noniusi) boʻyicha olib boriladi. 
    Tashqi silindrik yuzalarga bir necha keskich bilan ketma-ket ishlov berish 
    sxemasi. 


    33 
    Detal yuzasiga bir necha keskich bilan ketma-ket ishlov berish paytida 
    keskichtutqichga oʻrnatilgan har bir keskich “oʻzining” yuzasini kesadi. Ishlov 
    berish vaqtini qisqartirish maqsadida bir vaqtning oʻzida uchta yuzani kesadigan
    koʻpkeskichli kallakdan foydalaniladi. 
    Ariqchalarni ochish va kesib tashlash bitta keskich bilan bajariladi. 
    Keskichning kesuvchi qirrasi detal oʻqining geometrik markaziga aniq oʻrnatiladi 
    va detalning boʻylama oʻqiga nisbatan parallellikdan ogʻishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
    Kesish aniqligi yuqori boʻlmagan tor ariqchalar (kengligi 20 mm.gacha 
    boʻlgan) keskichning bitta koʻndalang oʻtishida kesiladi (ochiladi). Aniqligi yuqori 
    boʻlgan ariqchalar keskichning uch marta oʻtishida kesiladi (ochiladi). 
    Masʼul shakldor ariqchalarni avval kesuvchi keskich bilan qirqiladi, keyin – 
    shakldor keskich bilan. Detallarning ortiqcha qismi kesuvchi toʻgʻri keskich bilan
    kesib tashlanadi. 
    Konusaviy yuzalarni shakldor keskich bilan yoʻnishda kalta tashqi va ichki 
    konusli yuzalarga ishlov beriladi (qirqiladi). Ishlov berishni boʻylama va koʻndalang 
    S-surishlar bilan bajarish mumkin. Konusga ishlov berishning aniqligi shakldor
    keskichni aniq va toʻgʻri oʻrnatilishiga bogʻliq boʻladi. Konusaviy yuzaning 
    aniqligiga yuqori darajada talab qoʻyilgan boʻlsa, keskich shablon boʻyicha
    oʻrnatiladi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish