47
chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning
oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish talablarini tashviqot qilish, amalga oshirish,
rejalashtirish uchun hujjatlar tayyorlashda 1974-yil 1-iyuldan amalda boʻlgan
mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST) dan foydalaniladi. MXST besh turga
boʻlingan, masalan: 1) Tashkiliy – uslubiy standartlar – GOST 0.001-82, GOST
12.0.002-74, GOST 12.0003 -74, GOST 12.004-79.
2) Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalari
standartlari – GOST 12.0.003-74
3) Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari – GOST
12.2.003-74
4) Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari – GOST
12.3.003 -74.
5) Ishchilarning himoya vositalariga boʻlgan talabalari 1973-yildan eʼtiboran
300 dan ziyod standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etildi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga yangidan-yangi
texnologiya va mashina-uskunalarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan
har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika qoidalari va qonunlarini
yaxshi tushunishni va unga qat’iy amal qilishni talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda
ishchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida koʻplab qoida, norma, instruksiyalar
ishlab chiqilgan boʻlishiga qaramay, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning
butunlay yoʻqolib ketishini taʼminlaydigan va tartibga soladigan sharoit mavjud
emas. Korxonalarning xilma-xilligini hisobga olib, oʻzi uchun mos keladigan
mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan
yo’riqnomalar tizimi GOST 12.0.004- 79 (MXST) tashkil qilingan. Bu tizimlar
ishchilarning xavfsizligini taʼminlovchi ish uskunalarini oʻrgatish bilan ishchining
mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham oʻz ichiga oladi. GOST
12.0.004-74 (MXST)ga asosan muhandis-texnik xodimlar, asosiy va qoʻshimcha
sexlarning ishchilari, korxona xizmatchilari, vazirlik xizmatchilari ishlab chiqarish
xavfsizligi xususiyati darajasidan, ish staji va ishning turidan qatʼiy nazar ishga
kirishishdan avval instruktaj (yoʻriqnoma)dan oʻtishlari kerak.