Ishlab chiqarishni tashkil qilishning quyidagi asosiy shakllari mavjud: 1) Metall kesish dastgohlarining turlariga qarab.Bunday shakl asosan
donabay va ayrim detallar uchun seriyali ishlab chiqarish sharoitida qoʻllaniladi.
Bunday holda dastgohlarning turlariga qarab alohida boʻlimlar tashkil etiladi.
Masalan faqat tokarlik, parmalash, frezerlash dastgohlaridan tashkil etilgan
boʻlimlar.
2) Predmetli, bu shakl asosan seriyali ayrim detallar uchun yalpi (ommaviy)
ishlab chiqarish sharoitida qoʻllaniladi. Bu shaklga qoʻra dastgohlar texnologik
jarayonni bajarish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi va bir xil yoki bir-biriga
yaqin boʻlgan detallarni tayyorlashga moʻljallanadi. Bunday holda amallarni
bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biri bilan kelishtirilmaydi. Shu sababli ayrim
amallarda detallar toʻplanib qolishi mumkin. Detallar partiyalab tayyorlanadi.
3) Oqimli seriyalab, yoki oʻzgaruvchan-oqimli, bu shaklda ham dastgohlar
texnologik jarayonni bajarish ketma-ketligi boʻyicha joylashib, asosan seriyalab
ishlab chiqarish sharoitida qoʻllaniladi va amallarni bajarish uchun sarflangan vaqt
bir-biri bilan moslashtirilgan boʻlib, detallarni amaldan-operatsiyaga uzluksiz uzatib
berishni taʼminlaydi. Bunday holda ham detallar partiyalab tayyorlanadi va boshqa
partiyaga oʻtish uchun ishlov berish liniyasi toʻxtatilib, qayta sozlanadi.
4) Toʻgʻri oqimli, bu shakl asosan yalpi va ayrim hollarda koʻp seriyali ishlab
chiqarish sharoitida qoʻllaniladi. Bu shaklga asosan dastgohlar texnologik jarayon
ketma-ketligi boʻyicha joylashadi. Amallarni bajarish uchun sarflangan vaqt barcha
hollarda ham bir-biriga teng boʻlmaydi. Dastgohdan dastgohga detal donalab
uzatiladi. Amallar uchun sarflangan vaqt bir-biriga teng boʻlmaganligi sababli
detallarni tashish uchun rolganlar, qiya oʻrnatilgan novlar va ayrim hollarda
konveyerlardan foydalaniladi.
5) Uzluksiz oqimli, bu shakl faqat yalpi ishlab chiqarish sharoitida
qoʻllaniladi. Bu shaklda dastgohlar texnologik jarayon ketma-ketligi boʻyicha
joylashib, barcha amallarni bajarish uchun sarflangan vaqt bir-biri teng yoki
moslashtirilgan boʻladi. Bu vaqt oʻz navbatida ishlab chiqarish taktiga teng yoki
boʻlinuvchi (koʻpayuvchi) boʻladi. Ishlab chiqarish takti, bu bitta detal tayyorlash
uchun sarflanadigan vaqt (texnologik jarayon boʻyicha) boʻlib, ikki, yaoni birinchi
va ikkinchi detallarni tayyorlash oraligʻi bilan oʻlchanadi. Texnologik jarayonlarni
ishlab chiqishda muhim bosqichlardan biri ishlab chiqarish turini aniqlash
41
xisoblanadi. Shu sababli texnologik jarayonni loyihalashni boshlangʻich bosqichida
bajariladi. Ishlab chiqarish turi maxsulotni ishlab chiqarish uchun texnologik
jarayonini tuzishda va korxona ishini tashkil etishga juda katta taʼsir etadi. Ishlab
chiqarish turini asosiy texnologik belgilari 3- jadvalda keltirilgan.