42
Bu yerda, K – nisbatni aniqlovchi koeffitsent, τ - ishlab chiqarish takti, t oʻr
– detalning tayyorlash texnologik amallarining oʻrtacha donabay vaqti.
Ishlab chiqarish dasturiga asosan ishlab chiqarish turini aniqlash jadvali.
Ishlab chiqarish turi
Bir nomdagi detallarni ishlab chiqarish yillik dasturi
Yengil, 20 kg
O’rtacha, 20-300 kg
Og’ir, 300 kgdan
ortiq
Donalab
(yakka
tartibda)
100
ta gacha
10 ta gacha
1-5 ta gacha
Mayda seriyali
101-500
ta gacha
11-200 ta gacha
6-100 ta gacha
O’rta seriyali
501-5000 ta gacha
201-1000 ta gacha
101-300 ta gacha
Ko’p seriyali
5001-50000 ta gacha
1001-5000 ta gacha
301-1000 ta gacha
Ommaviy
(yalpi,
koplab)
50000
ta dan ortiq
5000 ta dan ortiq
1000 ta dan ortiq
Amallarni (operatsiyalarni) biriktirish koeffitsienti orqali aniqlashda, maʼlum
vaqt mobaynida boʻlimda bajariladigan texnologik amallar (operatsiyalar) soni (O)
ni shu boʻlimdagi ish joylari (R) ga nisbati amallarni biriktirish koeffitsiyenti (K) ga
teng boʻladi.
K = O/R (1.2)
Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari quyidagicha aniqlanadi:
K
1 boʻlsa - yalpi (ommaviy) ishlab chiqarish;
1< K
10 boʻlsa - koʻp seriyali ishlab chiqarish;
10 < K
20 boʻlsa - oʻrta seriyali ishlab chiqarish;
20 < K
40 boʻlsa, mayda - kichik seriyali ishlab chiqarish;
Donalab (yakka tartibda) ishlab chiqarishda K>40 boʻladi.
Misol: mexanika boʻlimida 15 ta ish joyi mavjud. Bir oy mobaynida 128 ta
har xil texnologik amallar bajarilgan. Ishlab chiqarish turini aniqlang.
Yechish: 1) Biriktirilgan amallar koeffitsiyentini (1.2)
formula yordamida
aniqlaymiz. K = 128/15 = 8,53 Demak, boʻlimda xar bir ish joyiga oʻrtacha 8,53
amallar biriktirilgan.
2) Ishlab chiqarish turi 1
3) seriyali ishlab chiqarish cheklangan mahsulot nomenklaturasiga ega
boʻladi. Ishlab chiqarish hajmi nisbatan katta boʻlib, ishlab chiqarish davriy ravishda
qaytalanadigan partiyalar koʻrinishida bajariladi.
Koʻp seriyali ishlab chiqarish seriyali ishlab chiqarishning bir koʻrinishi
boʻlib, katta partiyalar bilan ishlov beriladi va yalpi (ommaviy) ishlab chiqarishga
yaqin boʻladi.
Oʻrganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar:
43
1. Mashinasozlik texnologiyasi fanining asosiy maqsadi nima?
2. Ishlab-chiqarish va texnologik jarayon tushunchalari nimalardan iborat?
3. Texnologik jarayon qaysi tarkibiy qismlarga boʻlinadi?
4. Donabay, seriyali va yalpi (ommaviy) ishlab-chiqarishlarning bir-biridan
farqi nimada?
5. Yillik ishlab-chiqarish dasturi qanday aniqlanadi?
6. Mashinasozlikda ishlab-chiqarishni tashkil
qilishni qanday shakllari
mavjud?
10>