Sifatiga koʻra tasniflanishi. Sifatiga koʻra poʻlatlar oddiy sifatli, sifatli,
yuqori sifatli va juda sifatli xillarga boʻlinadi. Poʻlatning sifati deyilganda, u
ishlab chiqariladigan metallurgiya jarayoni bilan belgilanadigan xossalari
yigʻindisi tushuniladi. Kimyoviy tarkibining bir jinsliligi, tuzilishi va
xossalari poʻlatdagi zararli qoʻshilmalar hamda gazlar (kislorod, vodorod,
azot) miqdoriga bogʻliq.
Poʻlatlarning sifatini aniqlashda zararli aralashmalar meʼyori
(oltingugurt-S,
fosfor-P)
asosiy
koʻrsatkich
hisob-
lanadi. O d d i y s i f a t l i poʻlatlarda 0,06% gacha S va 0,07% gacha
P, s i f a t l i poʻlatlarda 0,035% gacha S va 0,035% gacha P (fosfor), yuqori
sif a t l i poʻlatlarda esa koʻpi bilan 0,025% S va 0,025% P,
juda s i f a t l i poʻlatlarda esa koʻpi bilan 0,015% S va 0,025% P boʻladi.
UGLERODLI KONSTRUKSION POʻLATLAR. Uglerodli poʻlatlar uchta asosiy guruhga boʻlinadi: oddiy sifatli
uglerodli poʻlatlar, sifatli uglerodli poʻlatlar, maxsus vazifali uglerodli
poʻlatlar (avtomat, qozon poʻlatlari va boshqalar).
Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar (GOST 380-71). Bunday poʻlatlar
keng tarqalgan boʻlib, normallashtirilgan holatda prokat koʻrinishida yetkazib
beriladi hamda mashinasozlik, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida
ishlatiladi.
Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar St harflari va 0 dan 6 gacha boʻlgan
raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar poʻlat markasining shartli nomerini
53
bildiradi. Raqam qancha katta boʻlsa, uglerod miqdori shuncha koʻp,
poʻlatning mustahkamligi yuqori, plastikligi esa past boʻladi. (ST – shisha
boʻladi).
Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar vazifasi va kafolatlangan xossalariga
koʻra uch xil guruhda yetkazib beriladi: A, B, V (1-jadval).