• ASBOBSOZLIK POʻLATLARI.
  • Uglerodli asbobsozlik poʻlatlari (GOST 1435—74).
  • M a r t e n s i t - e s k i r u v c h i p o ʻ l a t l a r




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    M a r t e n s i t - e s k i r u v c h i p o ʻ l a t l a r - temirning 
    nikel, 
    kobalt, 
    molibden, titan, xrom va boshkr elementlar bilan hosil qilganuglerodsiz (koʻpi bilan 
    0.03S) qotishmasidir. Ular yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan legirlangan 
    poʻlatlarning yangi sinfini hosil qiladi. 
    Martensit-eskiruvchi poʻlatlar +800-+860°S dan boshlab havoda toblanadi va 
    +450...+500°Sda eskirtiriladi. 
    ASBOBSOZLIK POʻLATLARI. 
     
    Asbobsozlik poʻlatlari kesish, oʻlchash va shtamplar kabi asboblarning 
    asosiy guruhini tayyorlash uchun moʻljallangan. Ishlash sharoitiga qarab bunday 
    poʻlatlarga quyidagi talablar qoʻyiladi: kesish asboblari (keskichlar, parmalar
    metchiklar, frezalar va hokazolar) uchun moʻljallangan poʻlatlarning qattiqligi, 
    yeyilishga va issiqqa chidamliligi yuqori boʻlishi kerak, oʻlchash asboblari uchun 
    moʻljallangan poʻlatlar qattiq, yeyilishga chidamli hamda asbobning shakli va 
    oʻlchamlari uzoq muddat oʻzgarmasligini taʼminlaydigan darajada boʻlishi lozim; 
    shtamplar (sovuqlayin va issiqlayin deformatsiyalanadigan) uchun moʻljallangan 
    poʻlatlarning 
    mexanik 
    xossalari 
    (qattiqligi, 
    yeyilishga 
    chidamliligi, 


    61 
    qovushqoqligi) yuqori boʻlib, yuqori haroratlarda ham oʻzgarmasligi darkor. Bundan 
    tashqari qizdirib shtamplanadigan shtamplar tayyorlanadigan poʻlat sirtida koʻp 
    marta qizdirish va sovutish natijasida darzlar paydo boʻlmasligi kerak. 
    Uglerodli asbobsozlik poʻlatlari (GOST 1435—74). Uglerodli asbobsozlik 
    poʻlatlarining U7, U8, U8G, U9, U10, U11, U12 va U13 markalari ishlab chiqariladi. 
    Raqamlar uglerod miqdorining oʻnli ulushini bildiradi. Raqamdan keyingi G harfi 
    poʻlatda marganes miqdori koʻp ekanligini bildiradi. Yuqori sifatli uglerodli 
    asbobsozlik poʻlatining markasida A harfi boʻladi. Masalan, U12A, bu tarkibida 
    1,2% S boʻlgan yuqori sifatli asbobsozlik poʻlati ekanligini bildiradi. 
    Zarbiy yuklanish ostida ishlaydigan zubilo, sumba, bolgʻa, borodok kabi 
    asboblar U7A, U8A markali poʻlatlardan yasaladi. Parma, metchik, razvyortka
    shaber, egov kabi qattiqligi yuqori boʻlishi talab etiladigan, lekin zarbiy yuklanishlar 
    taʼsir etmaydigan asboblar U12A, U13A kabi poʻlatlardan yasaladi. U7-U9 markali 
    poʻlatlar toʻla, U10-U13 markali poʻlatlar chala toblanadi. Issiqbardoshligining 
    pastligi, yaʼni yuqori haroratgacha qizdirilganda yuqori qattiqligini saqlay olish 
    xususiyati uglerodli asbobsozlik poʻlatlarining kamchiligi hisoblanadi. +200°S dan 
    yuqori temperaturada qizdirilganda uglerodli poʻlatdan yasalgai asbob oʻz
    qattiqligini yoʻqotadi. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M a r t e n s i t - e s k i r u v c h i p o ʻ l a t l a r

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish