64
titan karbidi, 79 foiz volfram karbididan iborat. Qotishma
qattiqligi tarkibidagi
karbidlarning qattiqligi bilan xarakterlanadi, yaʼni
qotishma tarkibida karbid
miqdori qancha koʻp boʻlsa, uning qattiqligi shunchalik yuqori boʻladi. Lekin,
qotishma qattiqligi oshib borishi bilan uning qovushqoqdigi kamayib, moʻrtligi ortib
boradi. Bu hol qotishmaning egilishga va kesilishga chidamliligi natijasida urilib
ishlash qobiliyatini pasaytiradi.
OLMOS. Hamma materiallar ichida eng qattigʻi. Olmos +1500°
gacha
qiziganda ham xususiyatini yoʻqotmaydi. U yeyilishga juda yaxshi chidaydi va
keskichda oʻtkir kesuvchi qirra hosil qilishga imkon beradi. Rangli qotishmalarni va
plastinkalarni kesib ishlashda olmos keskichlarning turgʻunligi boshqa materiallarga
nisbatan oʻnlab, yuzlab barobar yuqori. Olmoslar yuqori qattiqlikka ega boʻlishi
bilan birga juda moʻrt, shuning uchun ham uning qoʻllanilishi cheklangan.