75
mashinalarining qismlari, toʻqimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarb hamda
oʻzgaruvchan kuch taʼsirida ishlaydigan qismlarni tayyorlashda ishlatiladi.
Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlar ham kulrang choʻyanlar kabi
ruscha nomdagi bosh harflar VCH (vыsokoprochnыy chugun) bilan belgilanadi,
soʻngra choʻzilishdagi mustaxkamlik (birinchi
ikkita son, kg/mm2 va nisbiy
choʻzilish qiymatlari (% ) koʻrsatiladi.
Mashinasozlikda, masalan, quyidagi
chuyanlar koʻp koʻllaniladi: VCH 38— 17; VCH 42— 12; VCH 45—5 xamda VCH
60—2; VCH 80—3 va hokazo. Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlarning
mustaxkamligini yana-da oshirish hamda barqarorlashtirish-
maqsadida ularga
termik ishlov beriladi. Masalan, mustahkamlikni oshirish maqsadida ularga toblash
bilan bir qatorda yuqori temperaturada (+500...+600°S) boʻshatish beriladi. Baʼzida
grafitning shaklini yana mukammallashtirish uchun ularga yumshatish beriladi. Bu
turdagi choʻyanlarning plastikligi (b) 2—7% va qattiqligi 150—360 NV atrofida
boʻladi. Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlar poʻlatlar
ishlatiladigan
sohada qoʻllanishi mumkin, masalan, ulardan avtomobil va traktor vositalari —
tirsakli vallar, yuklanishni koʻtaradpgan gʻiloflar, press traversalari tayyorlanadi.