76
qotishmalarining otashga chidamliligini oshiradi. Mis, marganes, magniy,
alyuminiy qotishmalariga mustahkamlovchi termik ishlov berishni taʼminlaydi.
Legirlash va termik ishlov berish natijasida alyuminiyning mustahkamligi σ
v
100
dan 500 MPa gacha, qattiqligi NV 20 dan 150 gacha oshadi.
Barcha alyuminiy
qotishmalari deformatsiyalanadigan va quymabop xillarga boʻlinadi.
2.
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari. Deformatsiyalanadigan
alyuminiy qotishmalari shtamplash, presslash, bolgʻalash
orqali listlar, tasmalar,
shakldor profillar, simlar va turli detallar olishda ishlatiladi. Deformatsiyalanadigan
alyuminiy qotishmalari kimyoviy tarkibiga koʻra 7 ta guruhga boʻlinadi; ularning
tarkibida 2—3 ta va undan ham kuproq legirlovchi element boʻlib, har biridan 0,2—
4% gacha boʻladi. Masalan, alyuminiyning, magniy va marganes bilan qotishmasi
yoki alyuminiyning mis, magniy, marganes bilan qotishmasi shular jumlasidandir.
Deformatsiyalanadigan qotishmalar termik ishlash yoʻli bilan puxtalanadigan va
puxtalab boʻlmaydigan xillarga boʻlinadi. Mexanik va
termik ishlov beriladigan
deformatsiyalanadigan qotishmalar ishlov berish xarakterini koʻrsatuvchi harflar
bilan belgilanadi (9-jadvaldagi eslatmaga qarang).