79
Mis shteynlari konvertorda suyuqlantiriladi, havo bilan puflanib, tarkibida 1—
2% temir, rux, nikel, mishyak va boshqa aralashmalar boʻlgan xomaki mis olinadi.
Xomaki mis qoʻshilmalardan tozalanadi (rafinirlanadi). Rafinirlangandan sung mis
miqdori 99,5—99,99% ga yetadi (texnik toza birlamchi mis hosil boʻladi). Toza
misning 11 ta markasi mavjud (M006, M06, M1b, M1U, M1, M1r, M1f, M2r, MZr,
M2 va MZ). Eng yaxshi M006 mis markasidagi aralashmalarning umumiy yigʻindisi
0,01% ga, MZ. markasida esa 0,5% ga teng.
Toza pishirilgan misning mexanik xossalari quyidagicha: σ
v
= 220 —
240 MPa, NV 40 — 50, σ
- 45 — 50%. Toza mis elektrotexnika maqsadlarida
ishlatiladi va sim, chiviq, tasma, listlar, polosalar hamda trubalar koʻrinishida
ishlab
chiqariladi. Mexanik mustahkamligi kam boʻlganligidan toza mis konstruksion material
sifatida ishlatilmaydi,
balki uning rux, qalay, alyuminiy, kremniy, marganes,
qoʻrgʻoshin bilan
qotishmasi ishlatiladi
Misni legirlab, mexanik,
texnologik, ekspluatasion xossalari yaxshilanadi.
Mis qotishmalarining uchta guruh boʻladi: latunlar, bronzalar va misning nikel bilan
qotishmalari.