82
ishlab chiqarila boshlandi.Ular uchun neft mahsulotlari va gazni qayta ishlash
natijasida olinadigan qoʻshimcha mahsulotlar xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
Metallmas materiallar kelib chiqishiga qarab, tabiiy va sunʼiy
materiallarga
boʻlinadi. Sodda kimyoviy birikmalar yoki alohida elementlardan murakkab
birikmalarning hosil boʻlish jarayoniga sintez deb ataladi. Sintetik polimerlar
murakkab jism boʻlib, ularni hosil qilish tabiiy polimerlarning molekulyar tuzilishi
va uni hosil qiluvchi elementlarning reaksiyaga kirishish xususiyatlarini chuqur
bilishga asoslan gan. Sunʼiy polimerlar tabiiy polimerlarni modifikatsiyalash usuli
bilan ham olinadi. Masalan, sellyulozani nitratlash usuli bilan sunʼiy
polimer -
nitrotsellyuloza olinadi. Polimer materiallari harorat ostida oʻz xossalarini
oʻzgartiradi. Ana shu xususiyatga koʻra polimerlar termoreaktiv va termoplastik
polimerlarga boʻlinadi.
Polimerlarni qayta ishlash yoki ishlatishda elastiklikni oshirish maqsadida
ularga plastifikatorlar qoʻshiladi.Plastifikatorlarning uchish xususiyati kam boʻlishi,
kimyoviy barqarorligi yuqori boʻlishi kerak. Plastifikatorlarning
vazifasi
molekulalarning elastikligini oshirishdan iboratdir. Poliefirlar, efirlar, xlor
birikmalari plastifikatorlar sifatida qoʻllaniladi. Plastifikatorlar polimer tarkibiga
eritma tariqasida kiritiladi.
Polimer materiallarning rangini oʻzgartirish uchun har xil buyoq moddalar
(pigmentlar) qoʻllaniladi. Lekin bunday buyoqgar polimer bilan yaxshi aralashishi
va harorat, nur, havo va boshqa tashqi taʼsirlarga chidab, oʻz taʼsirini uzok, saqlay
olishi kerak. Buyoqlar organik va organik boʻlmagan birikmalar boʻlishi mumkin.
Masalan, shu maqsadlarda metall oksidlari ( Ti02, Fe2O,)
metall tuzlari hamda
qurum (saja) dan foydalaniladi. Polimer materiallarda toʻrsimon strukturani hosil
qilish uchun ham qoʻshimchalar kiritiladi. Masalan, kauchukda shunday struktura
hosil qilish uchun oltingugurt, selen, fenol qoʻllaniladi. Epoksid, poliefir,
fenol
katronlarini (smolalarini) qattiq holga keltirish uchun murakkab birikmalar
qoʻshiladi.