86
Q o t i r g i c h l a r deb, polimer molekulalarini kimyoviy bogʻlanishlar bilan
birlashtiruvchi moddalarga aytiladi. Ular reaktoplastlarga bir necha protsent
miqdorida qoʻshiladi. Qotirgichlar qoʻshilishi natijasida
fazoviy molekulyar
tur hosil boʻladi, qotirgich molekulalari bu turning bir qismi hisoblanadi. Kimyoviy
bogʻlanishlar paydo boʻlganda polimer suyuqlanmaydigan va erimaydigan qattiq
moddaga aylanadi.
Epoksid va poliefir smolalar, fenoplastlar kabi polimerlar
reaktoplastlarga misol boʻla oladi.