• Ftoroplastlarning
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/188
    Sana30.11.2023
    Hajmi8,15 Mb.
    #108303
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188
    Bog'liq
    Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

    Polivinilxlorid (PVX) ning oʻrtacha molekulyar massasi 14000—85000 ga 
    teng. PVX mashinasozlikda keng qoʻllaniladi, kabel va kimyo sanoatida, qish- loq 
    xoʻjaligida, ayniqsa qurilish materiali sifatida, har turli plyonkalarni ishlab 
    chiqarishda qoʻllaniladi. Kattiq PVX (viniplast)dan konstruksion buyumlar yasaladi. 
    Ftoroplastlarning korrozion agressiv muhitlar (kislotalar, ishqorlar, yuqori 
    temperaturali muhit)dagi barqarorligi nisbatan yuqori. Politetraftoretilen 
    (CF2=CF2), politriftoretilen ( CF = CHF), politriftorxloretilen (CF = CECl), 
    polivinilftorid ( CH = CHF) kabi ftoroplastlar haroratga barqaror boʻlib, +400°S dan 
    yuqori haroratda termik oksidlanish boshlanadi. Baʼzi
    ftoroplastlar ajoyib antifriksion xossalarga ega (moysiz ishlaganda ham ishqalanish 
    koeffitsiyenti juda kichik, yeyilishga bardoshliligi kattadir). 
    Ftoroplastlarning eng birinchi namoyandasi politetraftoretilen (P T F E ) 
    boʻlib, uni ftoroplast-4, teflon,
    flyuon deb ham ataladi. Mashinasozlik materiallari 
    orasida PTEF korrozion agressiv muhitlar taʼsiriga barqarorligi yuqori boʻlgan 
    materialdir, u ob-havo va mikroorganizmlarning taʼsiriga ham barqarordir. 
    Ftoroplast-4 dan kondesator va elektr oʻtkazgichlar uchun plyonkalar tayyorlanadi, 
    undan antifriksion va jipslovchi (germetik) materiallar sifatida foydalaniladi. 
    Hozirgi paytda
    ftoroplast-4 ning anchagina modifikatsiyalari maʼlum. Bu modifikatsiyalar 
    ftoroplast-4M (-4MB, -4M V -2, -4M D ), ftoroplast — 4NP lardan iborat.
    Bunday materiallarning texnologik xossalari ham yaxshi, ulardan mashina 
    vositalarini tayyorlashda ekstruziya va bosim ostida quyish usullaridan foydalansa 
    boʻladi. Ftoroplastlarning kamchiligi shundan iboratki, ishqalanishdagi yemirilishga 
    barqarorligi uncha katta emas, sovuq holda oʻzgarmas kuch taʼsirida choʻziladi 
    (deformatsiyalanadi). Ftoroplastlarning tarkibiga modifikator va boshqa 
    qoʻshimchalarni kiritish bilan bu kamchiliklarni birmuncha bartaraf qilish mumkin. 
    Plyonka, lok, tola, toʻqima va boshqa shunga oʻxshash materiallarni ishlab 
    chiqarishda ftoroplast—3 dan foydalaniladi. Ftoroplast—3 chet elda ftorlon — 3, 
    dayflon, flyuroten deb ham ataladi. 
    Element-organik 
    polimerlarga 
    kremniy-organik 
    qatronlar 
    asosidagi 
    polimerlar kiradi. Bunday polimerlar yuqori haroratda barqaror, oksidlovchi va 
    agressiv muhitga chidamli hamda yuqori dielektrik xususiyatlarga ega. Bu qatronlar 
    asosida yelim, lok, emal, moylovchi va konstruksion materiallar ishlab chiqariladi.
    Adgezion xussusiyatlarini oshirish uchun lok va emallarga qoʻshimcha 
    ravishda epoksid, poliefir va fenol qatronlari qoʻshiladi. Kremniy — organik 


    85 
    polimerlar elektrotexnika sanoatida, mashinasozlik va ishlab chiqarishda keng 
    koʻllaniladi. Kremniy-organik kauchuklar sovuq va issiqqa chidamli boʻlgan 
    rezinalarni olish uchun ishlatiladi. Epoksid, fenol-formaldegid kabi qatronlar 
    termoreaktiv polimerlar namoyandasi boʻlib, muhim texnologik va ishlay olish 
    xususiyatlariga ega. Epoksid qatronlari sunʼiy oligomer va polimerlar boʻlib, metall, 
    shisha, sopolga va boshqa materiallarga juda yaxshi adgeziyasi bilan ajralib turadi. 
    Qattiq holatdagi epoksid qatronlarining ishqoriy muhit, oksidlovchi va organik 
    boʻlmagan kislotalarga barqarorligi yaxshi. 
    Epoksid qatronlari kompozitsion mashinasozlik materiallarini olishda 
    bogʻlovchi element sifatida, yelim, lok, quyma kompaundlar ishlatiladi. Taʼmirlash 
    ishlarida u darzlarni yamashda ham qoʻllaniladi. Fenol va formaldegidning oʻzaro 
    taʼsiri natijasida fenol-formaldegid qatronlari olinadi. Bunday polimerlar elektr 
    tokini oʻtkazmaydigan materiallar (elektroizolyatorlar)ni ishlab chiqarishda koʻproq 
    qoʻllaniladi, ular ob-havo va harorat taʼsiriga barqaror boʻladi. Ular kompozitsion 
    materiallarning bogʻlovchi materiali sifatida hamda yelim va lok ishlab chiqarishda 
    ham ishlatilishi mumkin. 

    Download 8,15 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188




    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 8,15 Mb.
    Pdf ko'rish