80
Bronzalar. Misning qalay, alyuminiy, kremniy, marganes, qoʻrgʻoshin,
berilliy bilan hosil qilgan qotishmalari bronza (birinch) deb ataladi. Kiritilgan
elementga qarab, qalayli, alyuminiyli va boshkalar boʻladi.
Bronzalarning korroziyaga chidamliligi yuqori, quyilish va antifriksion
xossalari yaxshi, kesib yaxshi ishlanadi. Mexanik xarakteristikalarini koʻtarish va
alohida xossalar
berish uchun bronzalar temir, nikel, titan, rux, fosfor bilan
legirlanadi. Marganesning kiritilishi bronzaning korroziyaga chidamliligini,
nikel
plastikligiii, temir mustahkamligini, rux quyish xossalarini, qoʻrgʻoshin
kesib
ishlanuvchanligini yaxshilaydi (12-jadval).
Bronzalar “Br» harflari bilan markalanadi, undan ung tomonda turuvchi
darflar bronza tarkibiga kiruvchi elementlarni bildiradi:
O — qalay, S — rux, S — qoʻrgʻoshin (svines), A — alyuminiy, J — temir (jelezo),
Ms—marganes va hokazolarni bildiradi. Soʻngra ularning protsentlardagi miqdorini
bildiruvchi raqamlar yoziladi (bronzadagi mis
miqdorini bildiruvchi raqam
yozilmaydi). Masalan, bronzaning BrOSS5-5-5 markasi uning tarkibida 5% dan
qalay, qoʻrgʻoshin va rux borligini, qolgani (85%) misdan iborat ekanligini bildiradi.