89
2. Plastifikatorlar - massaga yuqori plastiklik beradi va ishlanishni osonlashtiradi
3. Stabilizatorlar - uzoq vaqtgacha plastmassaning fizik-kimyoviy xossalarini
saqlovchi materiallar
4. Ranglovchilar - kerak boʻlgan rangni beradi.
Yuqoridagi komponentlarning hammasini plastmassalar tarkibiga qoʻshish
shart emas. Ular texnik maqsadga qarab qoʻshiladi.
Plastmassaning asosiy xossalari solishtirma ogʻirligi 2-2,3 g/sm 3 , baʼzan 1g/sm 3 ,
mexanik mustahkamligi 1000 kg/sm 3 gacha, issiqlikka chidamliligi 70-300
0
C
gacha. Plastmassalarni ishlash usullari prokatlash, shtamplash, presslash, bosim
ostida quyish, payvandlash, kesib ishlov berish va boshqalar.
Kompozitsion termoreaktiv plastmassalar.
Bular polimer materiallari boʻlib, ularning tarkibiga fenolodegid, fenolo-
formaldegid, karbomid, kremniy organik asosidagi materiallar, har xil
toʻldiruvchilar kiradi. Kompozitsion materiallardan texnik maqsadlar uchun-
elektroizolyatsion, issiqlikka chidamli, namga, kimyoviy muhitga chidamli,
friksion, antifriksion, nurlar taʼsiriga chidamli buyumlar tayyorlanadi. Ular kukun,
tabletka, granula shakllarida boʻlishi mumkin.
Plastmassaga ishlov berish asosan, kukun, tabletka, granula holidagi
materiallarni yumshoq-oquvchan holatga oʻtkazilib ishlashdan iborat. Buning uchun
plastmassaga issiqlik bilan bosim bir vaqtning oʻzida taʼsir koʻrsatiladi. Bunday
ishlash usuliga: presslash, bosim ostida quyish, ekstruziya, kalandrlash va boshqalar
kiradi. Qizdirish yuqori chastotali tok bilan bajariladi. Plastmassaga zarur miqdorda
material solinib qizdiriladi. Harorat +5
0
C aniqlikda boʻlib, presslash harorati
avtomatlar yordamida rostlanib turiladi.