91
Rezina — turli komponentlar aralashmasi
materialga kerakli puxtalik,
elastiklik va boshqa xossalar berish maqsadida kauchuk issiqlayin yoki sovuqlayin
vulkanizatsiya qilinadi. Vulkanizatsiyalovchi material sifatida kauchukka 2—3%
oltingugurt qoʻshiladi. Vulkanizatsiya uzoq muddat davom etadigan jarayon
boʻlganligi uchun uni tezlashtirish maqsadida 0,5-1,5 % magniy oksidi, rux oksidi
va boshqa moddalar qoʻshiladi. tezlatkichlarni aktivlashtiruvchilar sifatida rux
belilasi va magneziy ishlatiladi.
Rezinaning afzallik xususiyatlari:
1.Rezina detallarini amortizatsiyalanishligi, har xil tashqi kuchlarni qaytarishligi.
2.Egilishga chidamliligi.
3.Baʼzi suyuqliklarga chidamliligi (suv, tuzli aralashma, emulsiya va h.k.)
4.Elektroizolyatsion xossalari.
Rezinaning asosi kauchuk boʻlib, unga har xil toʻldiruvchilar (plastifikatorlar,
vulkanizatorlar, ranglovchilar,
oltingugurt, yarim xlorli oltingugurt va h.k)
komponentlar kiritiladi. Kauchukning sintetik va tabiiy xillari boʻladi.
Mustahkamlikni oshirish uchun buyumga har xil toʻqima materiallarini qoʻshish
bilan erishiladi. Qoʻshimchalarni, toʻqimani mashinalar yordamida aralashtiriladi.
Rezina buyumlarga kerakli fizik-mexanik xossalar berish uchun
kompozitsiyaga toʻldirgichlar qoʻshiladi. Toʻldirgichlar kukunsimon va gazlama
koʻrinishida boʻladi. Kukunsimon toʻldirgichlarga qurum, kaolin, marganes
karbonati, boʻr, talk, bariy sulfati va boshqa moddalar kiradi. Gazlamasimon kuch
toʻldirgichlariga kord va shlangbop toʻqimalar kiradi.
Bunday materiallardan zarbiy kuch taʼsirini
yumshatadigan vositalar
(amortizatorlar) hamda tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma
(dempfer)lar yasaladi. Bundan tashqari ulardan jipslovchi vositalar tayyorlashda,
uskunalarni tashqi muhit taʼsiridan saqlashda ham foydalaniladi. Yuqori elastik
materiallarga tabiiy va sintetik polimerlarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Bunday
materiallar, odatda juda katta qaytar deformatsiyaga ega boʻladi. Kauchuklar muhim
tabiiy yuqori elastiklikka ega boʻlgan materiallarga kiradi. Hozirgi vaqtda juda koʻp
xilma-xil sunʼiy kauchuklar ishlab chiqarilmoqda, bunday materiallar rezina ishlab
chiqarishning asosini tashkil qiladi. Hozirgi zamon
mashinasozligida rezinadan
tayyorlangan vositalar juda keng qoʻllaniladi. Bulardan eng muhimi avtomobil
shinalari, har xil jipslovchi vositalar, amortizatorlar,
harakat uzatuvchi vositalar,
shlanglar va hokazolar.
Rezinalardan uskuna va qurilmalarni tashqi muhitdan muhofaza qilishda,
elektr simlari sirtini qoplashda, (kabellarni yasashda) foydalaniladi. Kauchukni
vulkanizatsiyalab, rezina mahsuloti olinadi. Kauchuklarga turli qoʻshimchalarni
qoʻshish bilan yorugʻlik va radiatsiya nuriga
chidamli arzon rezinasimon
mahsulotlar olinadi. Bu yoʻl bilan maxsus sharoitlarga chidamli rezinalarni ham
olish mumkin. Keyingi vaqtda sintetik kauchuk ishlab chiqarish juda keng
rivojlangan. Masalan, natriy-butadiyen (SKB ), butadiyen-stirol (SKS ), polixropen,
butadiyen-nitril (SKN ) kabi sintetik kauchuklar keng tarqalgan. Sintetik kauchuklar
oʻz strukturasiga koʻra katta molekulyar massaga ega boʻlgan chiziqli polimerlardir.
92
Normal haroratda sintetik kauchuklar yuqori elastiklik holatda boʻlib, —40°S dan
—70°S gacha harorat oraligʻida shishasimon holatga oʻtadi.