90
avtomobil shesternyalari va boshqa texnik buyumlar tayyorlanadi. Tekstolitdan
yasalgan shesternyalar metalldan yasalganlarga nisbatan shovqinsiz ishlaydi.
Elektrotexnik tekstolit izolyatsiyalovchi roliklar, generatorlarda oʻyiqlarga
quyiladigan va izolyatsiyalovchi ponalar, havoda va transformator moyida ishlash
uchun turli izolyatsiyalovchi detallar kabi mustahkamligi katta boʻlgan
elektr
izolyatsion buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Getinaks fenoloformaldegid smola va qogʻoz varaqlari asosida yaratilgan
qatlamli plastmassadir. Getinaksning A, B, V, G markalari ishlab chiqariladi. A va
V markali getinaksning elektr xossalari, B
va G markalarining mexanik
mustahkamligi yuqori. Getinaks qalinligi 0,5-50 mm li listlar, diametri 25 mm gacha
boʻlgan sterjenlar hamda turli diametrli trubalar koʻrinishida ishlab chiqariladi.
Getinaks asosan elektr izolyatsion material sifatida ishlatiladi. Bezak ishlari uchun
dekorativ getinaks ham ishlab chiqariladi. Getinaksdan shakldor texnik va
roʻzgʻorda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi.
Asbotekstolit fenoloformaldegid smolasi shimdirilgan asbest toʻqimasi
asosida yaratilgan qatlamli plastik boʻlib, temperatura va nam oʻzgarishlariga
barqaror, benzin taʼsiriga chidamli, friksion, elektr izolyatsion va teploizolyatsion
xossalari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Asbotekstolitdan tormoz qoliplari va
ilashish disklari tayyorlanadi.