Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Yelimlar. Ular turli materiallardan kerakli qattiqlikdagi qismlarga 
ajralmaydigan birikmalar hosil qilish uchun muljallangan. Umuman bunday 
birikmalar yelimlab yopishtiriladigan materiallardan va ular orasidagi yelim 
qatlamidan iborat boʻladi. Yelimlab yopishtirish jarayoni yelimning material sirti 
bilan ilashishiga asoslangan. Yelimlab yopishtirish usuli buyum tayyorlashni 
osonlashtiradi va texnologik jarayonni tezlashtiradi. 
Yelimli birikmalar koʻp hollarda eng ratsional, baʼzi hollarda birdan-bir 
mumkin boʻlgan birikma hisoblanadi.
Yelimlar ahamiyatining oshishi yelimli birikmalarning parchinli, boltli, 
payvand va boshqa birikmalarga nisbatan afzalligi bilan belgilanadi. Yelim bilan 
turli xil materiallarni oʻzaro biriktirish mumkin. Hozirgi zamon yelimlari bilan turli 
plastik massalar, silikat va organik shishalar, tabiiy va sunʼiy terilar, kauchuklar va 
rezinalar, chinni, keramika, beton, qogʻozlar, turli jins yogʻochlar, ip-gazlama, jun 
gazlama, sintetik tolalardan tayyorlangan buyumlar, shuningdek poʻlat, kumush, 
mis, alyuminiyli, magniyli. titanli qotishmalarva boshqa metallar, metallmas 
materiallar va ularning birikish joylari yelimlab yopishtiriladi. 
Sintetik yelimlar asosidagi birikmalarning atmosfera, korroziyaga va 
chirishga chidamliligi ularning muhim xossalari hisoblanadi.
Yelimli birikmalarning afzalliklariga yana quyidagilar ham kiradi: 
biriktiriluvchi elementlarning kuchsiz birikadigan boltli yoki parchinli birikmalari 
uchun teshiklarga hojat yoʻq. Birikmalarda kuchlanish bir tekis taqsimlanadi; 
yelimlab yopishtiriladigan detallarning sirti tekis boʻladi; ommaviy ishlab 
chiqarishda yelimlab yopishtiriladigan detallarni tayyorlash nisbatan arzon turadi. 
Shu bilan birga yelimli birikmalar kamchiliklardan ham holi emas. Notekis 
koʻchirilganda yelimlab yopishtirilgan birikmalarning mustahkamligi kichik: 
yelimning 
asosiy 
komponentlari 
organik 
tabiatli boʻlganligi uchun koʻp yelimlarning issiqqa 
chidamliligi 
nisbatan past (+350°S gacha). 
Sintetik yelimlar avtomobil, aviatsiya, kemasozlik, elektr va radiotexnika, 
ximiya, yogʻochni qayta ishlash, poligrafiya sanoatida hamda xalq xoʻjaligining 
boshqa tarmoqlarida ham turli materiallarni yelimlashda keng miqyosda 
qoʻllaniladi. Bu katta texnik va iqdtisodiy samara beradi, turli konstruksiyadagi 
elementli va buyumlarni tayyorlashni takomillashtirish imkonini tugʻdiradi.
Materiallar yelimli birikmalarning mustahkamligi tushayotgan yuklanish turi 
bilan belgilanadi. Birikmalarni konstruksiyalash yelimli qatlamda tekis 
taqsimlangan kuchlarni boʻlishiga erishish lozim. Choʻzilish, siqilish va siljishda bir 
tekis ishlovchi birikmalarning mustahkamligi katta boʻladi. Siljishda mustahkamlik 
chegarasi metallning yelimli birikmalari mexanik mustahkamligining koʻrsatkichi 
hisoblanadi. 
Yelimlab yopishtirilgan metallarning siljishdagi mustahkamlik chegarasi 
epoksid yelimlar uchun 10-13 MPa ga, fenol-kauchukli yelimlar uchun 10-20 MPa 
ga, poliuretanli yelimlar uchun 10-20 MPa ga, poliamidli yelimlar 15-30 MPa ga 
teng. Yelimning mustahkamligi siqilishidagiga nisbatan 10—100-marta katta 
boʻladi. Yelimlab yopishtirilgan birikmani mustahkamligi koʻp jihatdan haroratga 


94 
bogʻliq. Bunda yelim turi va kuchlanish holati xarakteri katta taʼsir koʻrsatadi. 
Epokslarning issiqqa chidamliligi +60...+35
0
S fenoloformaldegidli yelimlarniki 
+60...+100
0

fenolpolivinilatsetatli 
yelimlarning +200...+350°S, poliamid
yelimlarniki +300...+375
0
S ga teng. 

Download 8,15 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish