Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/188
Sana30.11.2023
Hajmi8,15 Mb.
#108303
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   188
Bog'liq
Mash texdan maruzalar TURSUNOV2

Oʻzaro almashinish deganda mashinaga qoʻyilgan texnik shartlar bajarilishi 
va undan talab qilingan boshqa koʻrsatkichlarga erishilishi sharti bilan yigʻish yoki 


103 
taʼmirlash jarayonida detallar va yigʻma birliklarni boshqa mustaqil ishlab 
chiqarilgan nusxalari bilan qoʻshimcha ishlov berilmasdan almashtirish imkoniyati 
tushuniladi. Bu xususiyatga detallar va tarkibiy qismlar ishlab chiqarilgandan 
keyingi ularning oʻlchamlari, shakllari, mexanik va boshqa koʻrsatkichlari talab 
qilingan chegaralarda boʻlsagina erishish mumkin. 
Hozirgi zamon mashinasozligida mashinalar murakkabligi oshgan sari 
ulardagi alohida uzellari va detallari aniqligiga qoʻyiladigan talablar ham 
kuchaymoqda. Shu sababli oʻzaroalmashinish konveyerda yigʻishga asoslangan 
koʻplab ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
Oʻzaro almashinish mahsulotni eng past narxidagi eng yuqori sifatini 
taʼminlaydi. Oʻzaroalmashinish darajasi qancha yuqori boʻlsa, mahsulotda oʻzaro 
almshinuvchan detallar soni qancha koʻp boʻlsa, bu mahsulotni yigʻish uchun 
sarflanadigan vaqt kam boʻladi va uning tannarxi past boʻladi. Oʻzaro almashuvchan 
detalli mahsulotlar aniqligi, ishonchliligi va uzoq muddat davomida xizmat qilishi 
bir xil boʻladi. 
Oʻzaroalmashinish toʻliq yoki toʻliqmas boʻlishi mumkin. Toʻliq 
oʻzaroalmashinishda yigʻish jarayonida hech qanday sozlash yoki moslashtirish 
operatsiyalari boʻlmasligi kerak. Bunda detallar oʻlchamlariga qatʼiy qoʻyimlar 
(dopusklar) talab qiladi va mahsult tannarxini birmuncha oshiradi. Shu sababli 
oʻzaroalmashinuvchanlik aniqligi 5-6 kvalitetdan yuqori boʻlmagan detallar uchun, 
detallar soni koʻp boʻlmagan yigʻma birliklar uchun, shuningdek, mahsulotlarni bir 
qismida ham talab qilingan tirqishlar (zazorlar) va tarangliklar (natyaglar) 
bajarilmasligi mumkin boʻlmagan holda qoʻllash iqtisodiy nuqtai-nazardan afzaldir. 
Qolgan barcha hollarda toʻliqmas oʻzaro almashinish qoʻllanishi afzal. Bunda 
yigʻish jarayonida kompensatorlar, sozlash elementlaridan foydalanib, moslashtirish 
ishlarini olib borishga ham zaruriyat paydo boʻladi. Notoʻliq oʻzaroalmashinish 
alohida geometrik, elektrik va boshqa parametrlar boʻyicha taʼminlanishi mumkin 
boʻlgani sababli, shuningdek detallar oʻlchamlarining qoʻyimlarini (dopusklarini) 
ancha kengaytirish imkoniyatini bergani uchun mahsulot tannarxini pasayishiga olib 
keladi. 
Oʻzaroalmashinish tashqi va ichki boʻlishi ham mumkin.Masalan, tashqi 
oʻzaroalmashinish elektrodvigatellar valining aylanish chastotasi va quvvati, 
dumalash podshipniklari halqalari diametrlari boʻyicha boʻladi. 
Ichki oʻzaro almashinish alohida uzellarga kiruvchi detallar yoki mahsulotlar 
tarkibiga kiruvchi va mexanizmlarga tegishli. Masalan, dumalash podshipniklarning 
shariklari yoki roliklari bilan ichki halqalari ichki guruhlanib, oʻzaro almashinish 
xususiyatiga ega. 
Oʻzaro almashinishni tamoyilini qoʻllash natijasida loyihalash jarayoni 
soddalashadi. Koʻplab konstruktorlik yechimlar real ishlayotgan qurilma va 
mexanizmlarda muvaffaqiyatli amaliy sinovdan oʻtgan. Bunday yechimlar 
standartlashgan va ularni qaytadan ixtiro qilish kerak emas, balki shunchaki ulardan 
foydalanish lozim. Shu sababli detallar va uzellarga nisbatan aniqlik talablarini 
yangidan ishlab chiqish kerak emas, balki faqat tegishli meʼyoriy hujjatlar orasidan 
keraklisini tanlab olib, foydalanish zarur. 


104 

Download 8,15 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   188




Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 8,15 Mb.
Pdf ko'rish